Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gruziya Banki rossiyaliklarning hisobvaraqlari yopilishi to‘g‘risida ommaviy xabar jo‘natdi
Mamlakat Markaziy banki bu choralar sababini tushuntirmagan.
Bank of Georgia Rossiya fuqaroligiga ega bo‘lgan mijozlariga hisobvaraqlari yopilishi to‘g‘risida bildirishnoma yuborgan. Bunda bank hisobvaraqlar yopilishi sababini tushuntirmagan.
«Sizga ma’lum qilamizki, bank qaroriga va ichki qoidalariga muvofiq, sizning hisobingiz ikki [ba’zi hollarda besh] ish kuni ichida yopiladi», deyilgan Gruziya Banki xabarida.
Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, Gruziyada yashovchi belarusliklarga ham xuddi shunday xabarnomalar yuborilgan.
Gruziya banki vakili «Kommersant» bilan suhbatda hisobvaraqlar yopilishini tasdiqlab, o‘zgarishlar «fuqaroligidan qat’i nazar» mijozlarning ma’lum toifasiga ta’sir qilganini aytgan. U bank hisoblarini bloklangani sababini tushuntirishdan yoki mezonlarni nomlashdan bosh tortgan.
Sentyabr oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putin ommaviy qisman safarbarlik e’lon qilganidan so‘ng, ko‘plab rossiyaliklar Gruziyaga ko‘chib o‘tishgan edi. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, ularning soni taxminan yuz ming kishini tashkil qiladi.
Mavzuga oid
22:20 / 24.05.2026
Makron Lukashenkoni Ukraina nizosiga aralashmaslikka chaqirdi
21:48 / 12.05.2026
Lukashenko armiyani urushga tayyorlash uchun qo‘shinlarning «maqsadli safarbarligi»ni e’lon qildi
21:45 / 07.05.2026
XOQ Belarus sportchilari uchun barcha cheklovlarni bekor qildi
14:29 / 03.05.2026