Zelenskiy Ukraina diplomatiyasining 2023 yildagi 8 ta vazifasini aytdi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy elchilar bilan suhbatda Ukraina diplomatiyasining 2023 yilga mo‘ljallangan sakkizta asosiy vazifasini aytib o‘tdi.
Avvalo, Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralar olib borish, NATO sammitiga tayyorgarlik ko‘rish va uning yakunlari bo‘yicha «aniq natijalarni ta’minlash» vazifalari belgilandi.
Mamlakatning mudofaa ehtiyojlarini ta’minlash yoki ittifoqchi davlatlardan qurol-yarog‘ olish ham rejalashtirilgan dastur qatoriga kiritildi.
Zelenskiy mamlakatda energetikaning tiklanishi haqida gapirar ekan, elchilardan natijaga erishish uchun «hukumat, idora, xalqaro tashkilotlar va hamkor davlatlar bilan imkon qadar yaqindan ish olib borishni» talab qildi.
Suhbat Rossiya haqida ham bo‘ldi, jumladan, sanksiyalarni qo‘llash bo‘yicha ishlarni kuchaytirish, urush bilan bog‘liq tribunal tashkil etish va aktivlarni blokirovka qilish.
Sakkizinchi nuqta butun dunyodagi ukrainaliklarni qo‘llab-quvvatlash deb nomlandi.
«Xalqimizning davlatga qaytishi, mezbon mamlakatlardagi barcha huquq va qonuniy manfaatlari ta’minlanishi uchun ishlang», dedi Ukraina rahbari.
Mavzuga oid
20:12
«Aftidan qo‘rqinchli, ammo hech narsani o‘zgartirolmaydi» - «Oreshnik» qanaqa raketa?
14:17
Vengriya Ukraina bilan chegarada HMM tizimlarini o‘rnatish niyatida
09:12
Britaniya Ukrainadagi vaziyat keskinlashganini ma’lum qildi
22:23 / 21.11.2024