Xitoy harbiy samolyotlari Tayvan havo hududiga kirdi
Taybey ma’lumotlariga ko‘ra, samolyotlar Tayvan bo‘g‘ozidagi o‘rta chiziqni kesib o‘tgan. Pekin 25 dekabr kuni tan olinmagan davlat yaqinida harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazdi.
Oxirgi 24 soat ichida Tayvan atrofida Xitoy harbiy-havo kuchlarining 71 ta samolyoti aniqlandi. Bu haqda 26 dekabr, dushanba kuni tan olinmagan davlat Mudofaa vazirligi ma’lum qildi. Unga ko‘ra, 47 ta samolyot Tayvan bo‘g‘ozidagi o‘rta chiziqni kesib o‘tib, Tayvan havo mudofaasini aniqlash zonasiga (Adiz) yetib kelgan. Idora, shuningdek, orol yaqinida Xitoy harbiy-dengiz kuchlarining yettita kemasi qayd etilgani haqida xabar berdi.
Bir kun oldin Pekin Tayvan yaqinidagi dengiz va havo hududida harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazdi, ular davomida zarbalar tayyorlash bo‘yicha mashqlar olib borildi. Tayvan Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, orol hududida XXRning sakkizta samolyoti va uchta kemasi payqalgan. So‘nggi paytlarda tan olinmagan davlat rasmiylari bunday faollik haqida haftada bir necha marta xabar qilmoqda.
Pekin bu manyovrlarni «AQSh va Tayvan rasmiylarining kuchayib borayotgan til biriktirishi va provokatsiyasiga hal qiluvchi javob», deb tushuntirdi. Taybey, o‘z navbatida, Xitoy «mintaqadagi tinchlikni yo‘q qilish niyatida va Tayvan xalqini qo‘rqitishga harakat qilmoqda», deb bayonot berdi.
Xitoy Tayvanni XXR tarkibiga kiruvchi isyonkor provinsiya deb biladi. Tayvan mustaqilligini jahon hamjamiyatining aksariyat a’zolari ham, shu jumladan AQSh va Rossiyani tan olmaydi.
Shu bilan birga, 23 million tayvanlik uzoq vaqtdan beri o‘zini mustaqil deb hisoblab keladi. Xitoy va Tayvan o‘rtasidagi keskinlik so‘nggi paytlarda AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi, amerikalik kongressmenlar va boshqa davlatlar, jumladan Germaniya vakillarining ushbu orolga tashrifidan so‘ng kuchaydi. Xitoy Taybey rahbariyatiga bosimni kuchaytirish uchun Tayvan hududida harbiy faoliyatni kengaytirish orqali javob berdi.
Oktabr oyida Xitoy rahbari Si Jinping Tayvanga harbiy kuch bilan tahdid qilgan edi. «Xitoy rahbariyati barcha zarur choralarni ko‘rish imkoniyatini o‘zida saqlab qoladi», dedi u Xitoy Kommunistik partiyasi qurultoyida. Shu bilan birga, Si Jinping harbiy kuch ishlatish tahdidi «Tayvan aholisi»ga qarshi emas, balki chet el aralashuvi va mustaqillik tarafdorlarining «ozgina soniga» qarshi qaratilganini ta’kidladi.
Bunga javoban Taybey orol suverenitetdan voz kechmasligini, erkinlik va demokratiya masalalarida murosaga kelmasligini ma’lum qildi. Tayvan xalqi Pekinning «bir mamlakat, ikki tizim» g‘oyasini bir ma’noda rad etadi, dedi mahalliy hukumat rahbari Tsay Inven.
Mavzuga oid
20:35 / 21.12.2024
Bayden Tayvanga 570 mln dollarlik harbiy yordam ko‘rsatishni buyurdi
15:12 / 13.12.2024
Tayvan armiyasi o‘z tanklarni dronlardan himoya qilishning yangi usulini ko‘rsatdi
15:03 / 10.12.2024
Xitoy koronavirus Uhan laboratoriyasida yaratilganini rad etdi
15:02 / 10.12.2024