Özingiz yoki yaqiningizga biror xastalik yetib, oğrib qolsa, avvalo şifokorga borasizmi yoki dorixonaga qarab yugurasizmi? Ikkinçi tanlov osonroq, qulayroq va yaqinroqdek, a? Çunki qölingizda şifokor taşxisi yöq bölsa ham, dorixonaçiga dardingizni aytsangiz kifoya: ular heç qanday asos söramasdan, siz keltirgan ta’riflar asosida dorilar tavsiya qiladi.
Biz bozordagi xaridor emas, bemor bölsak ham, buning heç kimga qiziği yöq. Deyarli heç bir dorixonaçi xaridordan şifokor tavsiyasini söramaydi. Retsepsiz foydalaniş mumkin bölgan vitaminlar komplekslari mayliku-ya, ammo taklif etilayotgan boşqa aks ta’sir qilişi mumkin bölgan dorilar-çi?
Aslida köplab şifokorlarga ham işoniş qiyin: dorişunoslar-u dorixonalar bilan “tili bir” bölgan holatlar köp. Biroq jon közga köringanida kimgadir işoniş kerak-da, aksariyat insonlar şifokorlar tavsiya qilayotgan, ayniqsa, olişing şart, deya uqtirilgan dorilarni puli bölsa-bölmasa, çöntagida, yonida, hovuçida nimaiki bölsa berib, sotib oladi. Natija esa mavhum. Çunki Özbekistonda bemorning tuzalişidan köra dorilarning sotilişi manfaatliroq.
Haqli savollar bor: yillar ötsa-da yeçimini topmayotgan bu tizim qaçondir öz yöliga tuşadimi? Nahotki, qurbonlar berib ham heç kimning közi, köngli oçilmasa? Preparatlarning retsepsiz sotilişi, şifokorlarning bölar-bölmas dorilar tavsiya qilişi, xorijiy va mahalliy işlab çiqaruvçilar mahsulotlarining sifat nazorati, umuman, bemorlarning tuzalişi Yangi Özbekistonda kimnidir qiziqtiradimi? Xullas, savollar köp, ammo javob ham, javob beruvçi ham yöq.















