Germaniya harbiy eksportining yillik hajmi 8,35 mlrd yevroga yetdi
Germaniya 2022 yilda 8,35 milliard yevrolik qurol eksportini ma’qulladi, bu ko‘rsatkich faqat o‘tgan yili yuqori bo‘lgan.
Germaniya federal hukumati 2022 yilda 8,35 milliard yevro miqdoridagi qurol eksportini tasdiqladi. Bu mamlakat tarixidagi ikkinchi yirik ko‘rsatkichdir, deb xabar beradi dpa 27 dekabr, seshanba kuni.
Federal iqtisodiyot vazirligi javobiga ko‘ra, 2022 yilda yetkazib berilgan harbiy texnika va qurollarning chorak qismidan ko‘prog‘i Ukrainaga to‘g‘ri kelgan. Faqat o‘tgan yili Germaniyaning harbiy eksporti 9,35 milliard yevroni tashkil etdi.
Shundan so‘ng, koalitsiya muzokaralarida hukumat qurol eksportini kamaytirishni rejalashtirgan, biroq Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi tufayli rejalar o‘zgargan, deya qayd etadi dpa. O‘shandan beri Ukrainaga 2,24 milliard yevrolik qurol eksporti ma’qullandi. Ammo Kiyevga yordamni hisobga olmasa ham, harbiy eksport hajmi olti milliard yevrodan oshdi. Taqqoslash uchun, kansler Angela Merkelning 16 yillik boshqaruvi davomida bu ko‘rsatkich 6 milliard yevrolik chegaradan atigi besh marta ko‘proq bo‘lgan, deya eslatadi dpa.
Dekabr oyida Süddeutsche Zeitung gazetasiga bergan intervyusida kansler Olaf Shols urush boshlanganidan beri Germaniya «Ukrainaning eng qat’iy tarafdorlaridan biriga» aylanganini ta’kidladi. «Biz PzH 2000 o‘ziyurar qurollari, ko‘plab raketa tizimlari, "Gepard" o‘ziyurar zenit qurilmalari yoki zamonaviy Iris-T havo hujumidan mudofaa tizimi kabi zamonaviy qurollarni yetkazib beramiz», dedi kansler.
Shu bilan birga, Shols Kiyevga qurol-yarog‘, shu jumladan g‘arb tipidagi tanklarni yetkazib berishdagi qat’iyatsizligi uchun bir necha bor tanqid qilingan. «Birinchidan, biz Ukrainani imkon qadar qo‘llab-quvvatlaymiz. Ikkinchidan, biz NATO va Rossiya o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri qarama-qarshilikning oldini olamiz. Uchinchidan, Germaniya yakka o‘zi harakat qilmaydi. Bu bizning qat’iy va ayni paytda muvozanatli siyosatimiz mezonidir va bu kelasi yili ham davom etadi», - deya tanqidga javob qaytardi kansler.
Mavzuga oid
17:38 / 04.11.2024
Germaniyada Alisher Usmonovga nisbatan tergov to‘xtatildi
12:30 / 01.11.2024
Yevropadagi qurol ishlab chiqaruvchilar mablag‘ yetishmasligidan shikoyat qilmoqda
21:37 / 31.10.2024
Germaniyada Eronning barcha bosh konsulliklari yopiladi
15:50 / 31.10.2024