Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda o‘g‘rilar bank ostidan tunnel qazib, oltinlarni o‘marib ketishdi
Jinoyatchilar 2 kilogramm tillani olib, g‘oyib bo‘lishgan.
Foto: India Poss English
Hindistonda o‘g‘rilar to‘dasi davlat banki bo‘limlaridan birining omboriga yerosti yo‘lagini qazib, 10 million rupiy (120 ming dollar) qiymatdagi oltinni o‘g‘irlashga muvaffaq bo‘ldi.
Jinoyatchilar 23 dekabrga o‘tar kechasi Uttar-Pradesh shtatidagi Kanpur shahri banki omboriga kirish uchun orqa devor ostidan uch metrga yaqin tunnel qazigan. O‘g‘rilar pul saqlanadigan kameralarni ochishga ulgurmagan bo‘lsa-da, ikki kilogrammga yaqin tillani olib chiqib ketgan.
«Ehtimol, jinoyatchilarga bank xodimlaridan biri yordam bergandir. Biz bir nechta dalillarni topdik, shu jumladan ombordagi barmoq izlarini, bu o‘g‘rilikni fosh qilishda yordam beradi», dedi mahalliy politsiya xodimi.
Politsiya jinoyatni ochish uchun bir nechta tergov guruhlarini tuzdi.
Bank filiali mudiri o‘g‘irlangan oltinlar ularni garovga qo‘yib, kredit olgan 29 nafar fuqaroga tegishli ekanini aytdi.
Mavzuga oid
10:39 / 02.05.2026
Jinoyatni bosdi-bosdi qilib berishini aytib pul olgan IIB xodimi ushlandi
19:15 / 01.05.2026
MUMBAY. Xarobadagi milliardlar | SUBYEKTIV
16:20 / 29.04.2026
Denovda «Shakki» laqabli zo‘ravon bir yigitni urib o‘ldirgani aytilmoqda
08:35 / 27.04.2026