BMT Xavfsizlik kengashi "Tolibon"ni ayollarni kamsitishni to‘xtatishga chaqirdi
BMT Xavfsizlik kengashi "Tolibon"ni Afg‘onistondagi hayotning barcha jabhalarida ayollarning «to‘liq, teng va mazmunli» ishtirokini ta’minlashga chaqirdi. Avvalroq "Tolibon" ayollarga universitetlarda o‘qish va nodavlat tashkilotlarda ishlashni taqiqlagan edi.
Birlashgan millatlar tashkiloti Xavfsizlik kengashi "Tolibon" harakatini Afg‘onistondagi hayotning barcha jabhalarida ayollarning «to‘liq, teng va mazmunli» ishtirokini ta’minlashga chaqirdi. Shu tariqa Xavfsizlik kengashi yaqinda Afg‘onistonda "Tolibon" tomonidan ayollarning nohukumat tashkilotlarda ishlashiga taqiq joriy qilinganiga munosabat bildirdi. Avvalroq "Tolibon" ayollarning universitetlarda o‘qishini ham taqiqlagan edi.
BMT Xavfsizlik kengashining barcha 15 a’zosi (Rossiya ham kiradi) konsensus qarori bilan qabul qilingan bayonotida aytilishicha, "Tolibon" qarorlari «inson huquqlari va asosiy erkinliklariga hurmat eroziyasining kuchayib borayotganidan dalolat beradi». Xususan, ayollarning nodavlat tashkilotlarda ishlashini taqiqlash Afg‘onistondagi «gumanitar operatsiyalarga sezilarli va darhol ta’sir ko‘rsatadi».
«Ushbu cheklovlar «Tolibon» harakatining afg‘on xalqi oldidagi majburiyatlariga, shuningdek, xalqaro hamjamiyatning kutgan narsalariga ziddir», — deya xulosa qildi Birlashgan millatlar tashkiloti.
Afg‘onistonda hokimiyatni qo‘lga kiritgan "Tolibon" 24 dekabr kuni mahalliy va xorijiy nodavlat tashkilotlarga ayollarga ishlashga ruxsat berishni taqiqladi. Bu qaror, ba’zi xodimlar go‘yoki "Tolibon" tomonidan o‘rnatilgan islomiy kiyinish qoidalariga amal qilmagani haqidagi «ko‘plab shikoyatlar» bilan izohlangan. Afg‘oniston Iqtisodiyot vazirligi talabga rioya qilmaslik har qanday nohukumat tashkilotining mamlakatda faoliyat yuritish litsenziyasi bekor qilinishiga olib kelishini ta’kidladi. Ulardan to‘rt nafari allaqachon o‘z faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘lgan.
Yevropa Ittifoqi bu qarorni qoralab, uni «Afg‘onistondagi ayollarning o‘z huquqlari va asosiy erkinliklarini amalga oshirish imkoniyatlarini yana bir qattiq cheklash hamda insonparvarlik tamoyillarini ochiqdan-ochiq buzish» deb atadi. AQSh davlat kotibi Entoni Blinken esa bu taqiq «afg‘on xalqi uchun halokatli oqibatlarga olib kelishi»ni taxmin qildi. Uning eslatishicha, ayollar «butun dunyo bo‘ylab gumanitar operatsiyalar markazida turadi».
Mavzuga oid
17:00 / 05.11.2024
O‘tgan yuz yilda sunami 260 mingdan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘ldi - BMT
14:10 / 05.11.2024
BMT: RF va KXDR o‘rtasidagi hamkorlik «xavfli eskalatsiya»ga olib keladi
13:50 / 05.11.2024
Isroil BMTga UNRWA faoliyati taqiqlangani haqida rasman xabar berdi
19:21 / 01.11.2024