Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston xalqaro raqamlashtirish reytinglarida yuqori o‘rinlarga ko‘tarildi
2022 yilgi xalqaro raqamlashtirish reytinglarida O‘zbekistonning o‘rni sezilarli darajada ko‘tarildi.
Xususan, Jahon bankining «GovTech Enablers» indeksiga muvofiq, raqamli ko‘nikmalar va davlat xizmatlaridagi innovatsiyalar bo‘yicha 2020 yilga nisbatan 65 pog‘ona yuqoriladi.
«GovTech Maturity Index» natijalariga ko‘ra, hukumat va davlat xizmatlari sektori bo‘yicha 37 pog‘ona yuqorilab, yetakchi mamlakatlarning «A» guruhiga kirdi.
Shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan har 2 yilda bir marta o‘tkaziladigan «Elektron hukumat» reytingida 18 pog‘ona yuqorilab, «yuqori/juda yuqori rivojlanayotgan» mamlakatlar qatoriga kirdi.
«Oxford Insighs» tomonidan o‘tkazilgan «Hukumatning sun’iy intellektga tayyorlik indeksi»da 14 pog‘ona yuqoriladi.
«Open data Inception» tahliliga ko‘ra, ochiq ma’lumotlar manbalari va ular soni bo‘yicha O‘zbekiston 4-o‘rinni egalladi.
Buyuk Britaniyaning nufuzli Cable tashkiloti tomonidan O‘zbekiston mobil internet narxi eng past bo‘lgan davlatlar qatoriga kiritildi va 15-o‘ringa ko‘tarildi.
Shuningdek, «Inclusive Internet indeksida 5 pog‘ona ko‘tarilib, 61-o‘rinni egalladi.
Mavzuga oid
09:39
AI inqilobi smartfonlar narxini yanada oshirishi mumkin
17:57 / 17.06.2026
Amazon Leo sun’iy yo‘ldosh interneti O‘zbekistonda ishga tushiriladi
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
21:55 / 15.06.2026