Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qodirov hech qachon Rossiya prezidentligiga nomzodini qo‘ymasligini aytdi
Checheniston rahbari Ramzon Qodirov Rossiyadagi prezidentlik saylovida qatnashish huquqiga ega bo‘lsa-da, hech qachon bunday qilmasligini aytdi.
U amaldagi davlat rahbari Vladimir Putinga uzoq hukmronlik tilab, unga yordam qilishni va’da berdi.
«Men Rossiya fuqarosiman, prezidentlikka nomzod bo‘lishga huquqim bor. Boshqalarga mumkin, chechenlarga mumkinmasmi? Mumkin. Lekin men hech qachon bunday qilmayman... Ayniqsa, dono, uzoqni ko‘ra oladigan, kuchli, iqtidorli, halol, odobli odam boshqarayotgan davlatda... Bunday odamdan keyin rahbarlik qilish, davlatni boshqarish deyarli ilojsiz», dedi Qodirov respublika aholisi bilan bo‘lgan muloqotda Rossiya prezidentligiga nomzod bo‘lishi mumkinligi haqidagi mish-mishlar haqidagi savolga javob berar ekan.
O‘tgan yili Ramzon Qodirov o‘zini na Rossiya prezidenti, na vazir, na federal darajadagi boshqa lavozimda ko‘rmasligini aytgan edi.
Mavzuga oid
08:40 / 06.06.2026
Kremlda Putin va Shryoder o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
20:34 / 05.06.2026
Bu xat qo‘pollik unsurlariga ega - Putin Zelenskiyning xati haqida
17:01 / 05.06.2026
«Oreshnik» hali jangovar qo‘llangani yo‘q – Putin
14:21 / 05.06.2026