Xalq deputatlari kengashi tomonidan hokim hujjatlarini bekor qilish tartibi belgilanyapti
“Mahalliy vakillik organlari to‘g‘risida”gi qonun loyihasi e’lon qilindi.
Xalq deputatlari Kengashi tomonidan hokimning hujjatlarini bekor qilish tartibi belgilanmoqda, jumladan:
- qonunchilikka zid bo‘lgan hokimning hujjatlari xalq deputatlari Kengashi tashabbusi bilan, vakolatli organlarning taqdimnomasiga yoki prokurorning protestiga asosan bekor qilinishi mumkinligi;
- hokimning qonunchilikka zid bo‘lgan hujjatlarini bekor qilish bo‘yicha tegishli idoralarning taqdimnomalari (ko‘rsatmasi, protesti) xalq deputatlari Kengashlari tomonidan 15 kun ichida ko‘rib chiqilishi;
- masalaning muhokamasida hokimning hujjatni qabul qilish asoslari va uning qonuniyligi bo‘yicha fikri eshitilishi;
- hokimning hujjatini bekor qilish xalq deputatlari Kengashi deputatlari umumiy sonining 2/3 qismidan ko‘prog‘ining ovozi bilan hal etilishi nazarda tutilmoqda.
Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlari o‘z faoliyatini xalq deputatlari Kengashidan mustaqil ravishda olib borishi mustahkamlanmoqda.
Xalq deputatlari Kengashlari faoliyatining ochiqligiga oid talablar belgilanmoqda, xususan kamida 8 turdagi ma’lumotlar Kengashlarning rasmiy veb-saytlarida doimiy joylashtirib borilishi taklif etilmoqda, masalan:
- Kengash nazorati natijalari bo‘yicha qabul qilingan qarorlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
- xalq deputatlari Kengashlari deputatlari, saylov okruglari hamda ularning elektron pochta manzillari haqidagi ma’lumotlar;
- o‘tkaziladigan barcha ommaviy tadbirlar (sessiyalar, majlislar, kengashlar, uchrashuvlar va boshqalar) to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
- rais, uning o‘rinbosari, doimiy asosda ishlovchi deputatlari, Kengashning kotibiyati xodimlarining yaqin qarindoshlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi);
- rais, uning o‘rinbosari, doimiy asosda ishlovchi deputatlarining har oylik mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar va boshqalar;
- xalq deputatlari Kengashining ommaviy tadbirlari, jumladan sessiyalari ochiq holda o‘tkazilishi va unda ommaviy axborot vositalari vakillari to‘siqlarsiz ishtirok etish huquqi, ushbu tadbirlarda audio, video va boshqa ovoz yozish vositalaridan foydalanishga haqli ekanligi belgilanmoqda.
Xalq deputatlari Kengashlarining barcha qarorlari va hujjatlari “E-qaror” elektron tizimi orqali qabul qilinishi belgilanmoqda, bunda “E-qaror” elektron tizimini chetlab o‘tgan holda qarorlar va hujjatlarni qabul qilishga yo‘l qo‘yilmasligi, ushbu tizimni chetlab o‘tib qabul qilingan hujjatlar o‘z o‘zidan haqiqiy emasligi va hech qanday huquqiy oqibatlarni keltirib chiqarmasligini belgilash taklif etilmoqda.
Xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlari 9 ta masalalar bo‘yicha, tuman va shahar Kengashlari 4 ta masalalar bo‘yicha normativ tusdagi qarorlarni qabul qilish vakolatlari Qonun darajasida belgilanmoqda.
Mavzuga oid
14:01 / 13.10.2024
“Ko‘p narsa hokimlarning saviyasiga bog‘liq” - vatanga qaytgan investor qanday to‘siqlarga uchradi?
19:17 / 30.09.2024
Bunaqada sohada kim qoladi? Yangibozor hokimi misolida dehqonlarga munosabat
16:56 / 25.09.2024
Bahodir G‘oyibnazarov hokimlikka qaytdi
08:10 / 25.09.2024