Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Qozog‘iston 8 ta sohada investitsiyaviy va savdo hamkorligini yo‘lga qo‘yadi
Ostona shahrida O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev va Qozog‘iston Bosh vazirining o‘rinbosari – savdo va integratsiya vaziri Serik Jumangarin Qozog‘iston Prezidentining Toshkentga tashrifi davomida imzolangan investitsiya bitimlari va savdo shartnomalarini amalga oshirishga qaratilgan «Yo‘l xaritasi» yuzasidan kelishib oldi.
Hujjat energetika, transport, elektrotexnika va kimyo sanoati, infratuzilmaviy qurilish, mashinasozlik, farmatsevtika va qishloq xo‘jaligi sohalarida investitsiyaviy va savdo hamkorligi bo‘yicha 37 ta tadbirni o‘z ichiga oladi.
«Yo‘l xaritasi» quyidagi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha aniq qadamlarni nazarda tutadi:
- Navoiy va Toshkent viloyatlarida fosforli va kompleks mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish («Kazfosfat» MChJ va «O‘zkimyosanoat» AK hamkorligida);
- Samarqand, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida qurilayotgan umumiy quvvati 2 GVt gacha bo‘lgan uchta yangi ko‘mir bilan ishlaydigan issiqlik elektr stansiyalarining yoqilg‘i ehtiyojlarini uzoq muddatli (kamida 10 yil) Shubarko‘l konidagi ko‘mir bilan ta’minlash;
- «BI Group» kompaniyasi bilan hamkorlikda Toshkent shahrida uy-joy, ijtimoiy va tijorat infratuzilmasini qurish;
- «Allyur kompaniyalar guruhi» AJ ishtirokida Qozog‘istonda Chevrolet Onix avtomobillarini ishlab chiqarish;
- Qarag‘anda viloyatida «Artel» maishiy texnika mahsulotlarini ishlab chiqarish;
- Chimkent shahrida keramik plitkalar ishlab chiqarishni tashkil etish;
- erta kartoshka, go‘sht va go‘sht mahsulotlari hamda meva-sabzavotlarni yetkazib berish.
Mavzuga oid
11:57 / 14.07.2026
Poytaxt hokimligi 2034 yilgacha berilgan reklama pasportlarini bekor qilmoqchi: tadbirkor va davlat organlari o‘rtasida huquqiy bahs yuzaga keldi
20:34 / 10.07.2026
Rossiya gazining O‘zbekistonga yetkazib berish hajmi oshishi kutilmoqda
17:53 / 08.07.2026
Qozog‘istonda qo‘shni davlatlardan transport vositalari kirishi cheklandi
17:54 / 07.07.2026