Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand shahrida sodir bo‘lgan yong‘inda ikkita xonadon yonib ketdi
Yong‘in oqibatida, ikkita xonadonning 200 kvadrat metr maydondagi tom, shift qismi va uy jihozlari yonib ketgan.
Samarqand shahrida sodir bo‘lgan yong‘inda ikkita xonadon jiddiy shikastlangan. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, bugun, 2023 yil 1 yanvar kuni soat 17:30 larda viloyat FVBga Samarqand shahrining “Bek” MFYda joylashgan xonadonlarda yong‘in sodir bo‘layotgani haqida xabar kelib tushgan.
Voqea joyiga 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlar jalb etilgan. Ular hodisa joyiga soat 17:44 da yetib borib, soat 18:55 da yong‘inni o‘chirgan.
Yong‘in oqibatida 2 ta xonadonning taxminan 200 kvadrat metr maydonda shift va tom qismi hamda uy jihozlari yonib, zararlangan.
Qayd etilishicha, hodisada hech kim halok bo‘lmagan va jabrlanmagan. Hozirda tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
23:04 / 13.06.2026
Samarqandda Rossiyada ishlashni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun test markazi ochiladi
10:59 / 13.06.2026
Yakkasaroyda ko‘p qavatli uy fasadida yong‘in sodir bo‘ldi
10:50 / 12.06.2026
Samarqandning olis tumanlariga investitsiyalar jalb etiladi
17:46 / 10.06.2026