O‘zbekiston | 11:10 / 02.01.2023
4029
2 daqiqa o‘qiladi

Qishloq xo‘jaligi mahsuloti ishlab chiqaruvchilarga subsidiya onlayn ajratiladi

Vazirlar Mahkamasining «Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarga subsidiya berish axborot tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash uchun subsidiyalar «Agrosubsidiya» axborot tizimi orqali beriladi.

«Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga subsidiya berish» axborot tizimi to‘g‘risidagi nizomda quyidagilar nazarda tutilgan:

  • «Agrosubsidiya» axborot tizimidan foydalanish tartibi;
  • tizim operatori, tizimdan foydalanuvchi talabgorlar va  mas’ul tashkilotlarning huquq va majburiyatlari;
  • talabgorlarning manzilli ro‘yxatga kirish uchun axborot tizimi orqali ariza berishi va subsidiyalarni ajratishning ko‘rsatilgan yo‘nalishlari bo‘yicha subsidiya olishi tartibi;
  • vakolatli organlar tomonidan subsidiyalar berishning ko‘rsatilgan yo‘nalishlari bo‘yicha talabgorlardan kelib tushgan arizalarni ko‘rib chiqish, hujjatlarni elektron shaklda yuritish va ariza bo‘yicha xulosa berish tartibi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi «Agrosanoatni raqamlashtirish markazi» davlat muassasasi «Agrosubsidiya» axborot tizimining operatori hisoblanadi.

«Agrosubsidiya» ATning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • talabgorlar tomonidan subsidiya olish uchun arizalar elektron shaklda yuborilishini hamda ushbu xizmatdan xavfsiz va kafolatli foydalanishni ta’minlash;
  • talabgorlarga ularning manzilli ro‘yxatga kirishi yoki subsidiya olish uchun yuborilgan arizalarni ko‘rib chiqishning holatini va bosqichlarni ko‘rib borish imkoniyatini yaratish;
  • talabgorlarga ular tomonidan yuborilgan arizalar vakolatli organlar tomonidan ko‘rib chiqilishi natijalarini kuzatib borishni ta’minlash;
  • vakolatli organlar tomonidan talabgorlar yuborgan arizalarni ko‘rib chiqish va ularga elektron shaklda xulosa berish.

Mavzuga oid

E`lonlar