Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston qaysi davlatga eng ko‘p meva va sabzavot eksport qilgani aytildi
O‘zbekiston asosan qaysi davlatlarga meva va sabzavotlarni eksport qilayotgani ma’lum qilindi.
2022 yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston 1 mlrd AQSh dollarlik meva va sabzavotlar eksport qilgan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2022 yilning 11 oyida eng ko‘p meva va sabzavot mahsulotlarini eksport qilgan davlatlar orasida Qozog‘iston birinchi o‘rinni egalladi – 606,6 ming tonna.
Undan keyingi o‘rinlardan meva va sabzavot mahsulotlari mos ravishda 512,5 ming tonna hamda 146 ming tonna hajmda eksport qilingan Rossiya va Qirg‘iziston joy oldi.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ldi:
- Xitoy – 105,6 ming tonna;
- Pokiston – 51,5 ming tonna;
- Afg‘oniston – 34,8 ming tonna;
- Belarus R. – 22,8 ming tonna;
- Tojikiston – 21,5 ming tonna;
- Turkiya – 15 ming tonna;
- Eron – 11 ming tonna;
- Gruziya – 10,5 ming tonna;
- Ozarboyjon – 8,5 ming tonna;
- Ukraina – 7,6 ming tonna;
- BAA – 6 ming tonna;
- Germaniya – 3,1 ming tonna.
Mavzuga oid
18:47 / 18.06.2026
Qozog‘iston Markaziy Osiyoda eng ko‘p ichadigan davlat bo‘lib chiqdi - tadqiqot
13:31 / 17.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston bosh vazirini qabul qildi
08:18 / 16.06.2026
Insoniyat eng ko‘p iste’mol qiladigan 8 ta meva
20:56 / 12.06.2026