Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda har 1000 kishiga o‘rtacha 178 ta yengil avtomobil to‘g‘ri kelmoqda
2023 yil 1 yanvar holatiga O‘zbekiston Respublikasida har 1000 nafar doimiy aholiga o‘rtacha 87 ta yengil avtomobil to‘g‘ri kelmoqda.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, hududlar kesimida har 1000 nafar doimiy aholiga o‘rtacha to‘g‘ri keladigan yengil avtomobillar soni eng ko‘p Toshkent shahrida qayd etildi – 178 ta.
Undan keyingi o‘rinlardan mos ravishda 106 ta hamda 104 ta 1000 nafar doimiy aholiga o‘rtacha to‘g‘ri keladigan yengil avtomobillar soni bilan Toshkent viloyati va Xorazm viloyati joy oldi.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan hududlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:
- Buxoro viloyati – 100 ta;
- Samarqand viloyati – 92 ta;
- Navoiy viloyati – 87 ta;
- Farg‘ona viloyati – 77 ta;
- Qashqadaryo viloyati – 72 ta;
- Sirdaryo viloyati – 70 ta;
- Namangan viloyati – 68 ta;
- Qoraqalpog‘iston R. – 66 ta;
- Surxondaryo viloyati – 64 ta;
- Andijon viloyati – 64 ta;
- Jizzax viloyati – 60 ta.
Mavzuga oid
14:23 / 14.07.2026
Sobiq onkologiya shifoxonalari hududi hozir qanaqa holatda?
22:10 / 11.07.2026
Toshkent Osiyodagi yashash uchun eng qimmat shaharlar reytingida 74-o‘rinda qayd etildi
15:39 / 09.07.2026
“30 yoshdan oshgan” mashinalar egalaridan ekologik kompensatsiya undirish g‘oyasidan voz kechildi
12:11 / 06.07.2026