Rossiya «Rojdestvo sulhi» paytida ham Ukrainani o‘qqa tutdi - Pentagon
Pentagon vakili Putinning bayonoti «tashviqot hiylasi» bo‘lganini, ammo oxir-oqibat ish bermaganini aytdi.
Pentagon Rossiya tomonidan o‘z zimmasiga olingan «Rojdestvo sulhi» buzilganini aniqladi.
AQSh Mudofaa vazirligi vakili Lora Kuper so‘zlariga ko‘ra, 6 dekabr kuni Rossiya Qurolli kuchlari harbiy harakatlarni to‘xtatmadi. Vaholanki, Rossiya prezidenti Vladimir Putin 6-7 yanvar kunlari pravoslav nasroniylarning Rojdestvo bayrami munosabati bilan o‘t ochishni to‘xtatishga buyurgan edi.
Kuper Putinning bu bayonotini oxir-oqibat natija bermagan «tashviqot hiylasi» deb atadi.
Pentagon ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya mahbuslar yordamida Ukraina pozitsiyalariga hujumlarni davom ettiradi.
5 yanvar kuni Rus pravoslav cherkovi rahbari Kirillning pravoslavlar bu kunlarni cherkovda o‘tkazishi kerakligi haqidagi murojaatidan so‘ng Putin «Rojdestvo» sulhini e’lon qilgan edi.
Ukraina Rossiyaning «tashabbusini» darhol rad etdi. Mamlakat Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Aleksey Danilov Kreml tashabbusida yolg‘on va ikkiyuzlamachilikni ko‘rishini ta’kidladi.
Amerika prezidenti Jo Bayden ham, Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok ham Putinning niyatiga ishonmadi.
Ukraina prezidenti ofisida sulhning asosiy shartlaridan biri rus qo‘shinlarining chiqib ketishi ekani aytilgan edi.
Mavzuga oid
02:48
Saylov boshlandi, ko‘p ovoz olib ham yutqazish mumkin bo‘lgan saylov
00:26
Tramp atrofida aylanayotgan Amerika siyosati: nega bunday bo‘ldi?
21:46 / 05.11.2024
«Tramp prezident bo‘lsa, Yaqin Sharqdagi vaziyat qiyinlashadi» - Kamoliddin Rabbimov
21:09 / 05.11.2024