Tumanlardan biriga xizmat safariga borib tuşlik qiliş uçun oşxonalaridan biriga kirsam böş joy yöq. Çetdagi sörida yoşi oltmişlarda bölgan bir otaxon bir özi ötirardi. Ruxsat sörab yoniga joylaşdim.

Ovqatlanar ekanman, otaxon «Bolam uylanganmisan?» deb qoldi. Boş irğaganimdan söng «Yoş ekansan, xotining heç qaçon «akangiz unday, ukangiz bunday, ota-onangiz falon» deyişiga yöl qöyma. Agar bilsang, otani boladan, akani ukadan yomon xotin ajratadi. Özing ham heç qaçon uning yaqinlari haqida gapirma», deb qoldi.

Sinçkovligimga borib otaxonning boşidan şu mavzuda nimadir ötganov, deb turgandim, gapini davom ettirdi:

«Ayollarning hammasi yomon demayman. Yomon ayollardan yomon erkaklar köp. Ammo bir narsani unutma, yomon xotin bolalikda körpa talaşib katta bölgan aka-ukani bir-biriga duşman qiladi. Ota-onani öğildan ayiradi. Işonaver, boşimdan ötgan. Bir paytlar ota-onam, men va boşqa yaqinlarimning akam bilan teskari bölib ketişiga uning xotini sabab bölgandi».

Otaxonning «boşimdan ötgan» degan sözlarini eşitib, hikoyalariga qiziqib qoldim. Otaxon gap boşladi:

«Oilada uç öğil va uç qiz bölganmiz. Vaqti soati kelganda katta akamni uylantirdik. Yangam qöşni mahalladan edi. Oradan biroz ötib, yangam tufayli rözğorda gap-söz köpayaverdi.

Öşa paytda opamni uzatganmiz va singillarim rözğor işlari uçun yoşlik qilardi. Kelin bölib tuşganining ikkinçi haftasidayoq yangam akamga hammaga eşittirib «Men bu rözğorga çöri bölib kelmaganman. Singillaringiz yoş bölsa, ana, ukalaringiz rözğor işlariga qaraşsin», deb gapirdi.

Akam xotiniga biroz sabr qilişni, alohida bölib çiqişsa barçasidan qutulişini aytar, ammo yangam gapirişdan töxtamasdi.

Şundan keyin ham bir neça marta bunday gap-sözlar davom etdi. Yangam uy-işlarini qilmay qöygani uçun birida ovqatsiz qolib ketsak, birida hovli supurilmasdi. Onam doim yurak bosimi yuqori holda yurardi, uni urintirmaslik uçun özim bilganimça ovqat pişirdim, hovli supurdim.

Öşa kezlarda men uylanişni ortga surib yurgandim. Rözğor işlarining bir qismi özimga qolgaç, ota-onamga uylanişga rozi ekanimni aytdim. Töğrisi-da, yaşaşimizda halovat yöq, uylansam xotinim rözğor işlariga yordam beradi va yangamning jaği öçadi deb öyladim.

Töy ötdi, rözğor işlarini xotinim qila boşladi. Ammo baribir yangamning jaği yopilmadi. U endi alohida hovli qilib çiqişni gapiradigan böldi. Bahorda qişloq çetidagi yerimizdan uy tikladik va akamni köçirib qöydik. Şundan keyin rözğorimiz tinçidi.