Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston Buxoroda universitet tashkil etishni rejalashtiryapti
Foto: Dunyo
Axborot texnologiyalari vaziri Sherzod Shermatov Hindistonning Acharya universiteti direktori Vishesh Chandrashekar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Unda IT ta’limi sohasida o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasiga muvofiq, Qorako‘l tumanida raqamli texnologiyalarga ixtisoslashtirilgan alohida zamonaviy talablarga javob beradigan axborot texnologiyalari sohasida ta’limdan ishlab chiqarishgacha bo‘lgan yaxlit zanjir yaratishni ko‘zda tutadigan IT-klaster faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda.
IT-klaster 5 ming 600 o‘ringa mo‘ljallangan universitet, 100 o‘ringa mo‘ljallangan inkubatsiya markazi va 50 o‘ringa mo‘ljallangan masofaviy xizmatlar eksport markazi, 1 435 o‘ringa mo‘ljallangan talabalar turar joyi va xodimlar uchun mehmonxona, oshxona, ochiq va yopiq turdagi sport majmualarini o‘z ichiga olishi rejalashtirilgan.
Axborot texnologiyalari vazirligi, Buxoro viloyati hokimligi bilan Hindistonning Acharya Institutes o‘rtasida Acharya International University of Uzbekistan universitetini tashkil etish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik shartnomasini imzolagan.
Uchrashuvda ushbu yo‘nalishdagi ishlarni davom ettirish, o‘zaro hamkorlikda yangi loyihalarni ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.
Mavzuga oid
12:10
Buxoroda YTH sodir qilgan haydovchi 10 sutkaga qamaldi
18:54 / 26.05.2026
Tintuvdan so‘ng yo‘qolgan tillalar – qidiruvdagi sobiq tergovchi ishida yangi tafsilotlar paydo bo‘ldi
08:20 / 25.05.2026
Buxoroda sog‘liqni saqlash tizimidagi korrupsion sxema fosh etildi
21:35 / 21.05.2026