Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyning 50 dan ortiq samolyoti Tayvan hududiga yaqinlashdi
8 yanvardan 9 yanvargacha XXR harbiy samolyot va harbiy kemalari Tayvanga tutash hududga kirgani iddao qilindi.
Foto: AP
Tayvan hududi atrofida Xitoy armiyasiga tegishli bo‘lgan 57 ta samolyot va 4 ta kema aniqlangan. Ularning 28 tasi Tayvan havo hujumidan mudofaa tizimlarining identifikatsiya hududlariga kirib kelgan.
Tayvan mudofaa vazirligiga ko‘ra, mamlakat hududiga BZK-005 dronlari, ikkita Su-30, oltita J-11, o‘n ikkita J-16 qiruvchi, ikkitadan J-10 va H-6 strategik bombardimonchilari hamda KJ-500 radiolokatsion qurilmalar kirib kelgan. Ularning harakatini kuzatish uchun dengiz va havo patrullari yuborilgan.
Xitoy xalq respublikasi Tayvanni o‘zining ajralib chiqqan provinsiyasi deb hisoblaydi va ertami-kechmi hududni o‘z tarkibiga qaytarishi haqida aytib keladi. Ammo ko‘plab tayvanliklar yetmish yillik alohida yashashdan keyin o‘zlarini alohida xalq deb, orolni esa alohida davlat deb hisoblashni boshlagan, ammo orol hozirgacha mustaqillik e’lon qilmagan, shu bilan birga o‘zini butun Xitoyning qonuniy vorisi deb biladi.
Mavzuga oid
13:38 / 19.01.2026
Xitoy iqtisodiyoti 2025 yilda 5 foizga o‘sdi
23:16 / 17.01.2026
Venesuela ustidan nazorat Trampni “neft qiroli”ga aylantira oladimi?
11:24 / 17.01.2026
Kanada Xitoy elektromobillariga bojlarni keskin pasaytiradi
13:52 / 15.01.2026