Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moldova davlat muassasalari veb-sahifalari keng ko‘lamli kiberhujumga uchradi
Moldova Axborot texnologiyalari va kiberxavfsizlik xizmati (STISC) davlat muassasalari veb-sahifalari keng ko‘lamli kiberhujumlarga uchrayotganini ma’lum qildi.
Bugungi kunga qadar hukumat elektron manzillariga 1330 dan ortiq spam va fishing xabarlar yuborilgan bo‘lib kiberhujumlar davom etmoqda deydi STISC mas’ullari.
Moldovaning MD domeni foydalanuvchilari elektron pochta orqali domen nomining amal qilish muddati tugagani haqida xabardor qilinadi va to‘lov havolasini bosish orqali uni yangilash so‘raladi. STISC bunday havolalarga kirmaslikni va ularni bloklashni tavsiya qilmoqda.
STISC ta’kidlaganidek, fishing eng keng tarqalgan kiberhujumlardan biri bo‘lib, uning maqsadi foydalanuvchining maxfiy ma’lumotlarini (login va parollar) egallashdan iborat. Foydalanuvchi da’vo qilingan saytga kiryapman deb o‘ylaydi, lekin aslida u soxta saytga yo‘naltiriladi.
Mas’ullar ushbu hujumlar kimlar tomonidan amalga oshirilayotganligiga aniqlik kiritmagan.
Mavzuga oid
08:52 / 25.06.2026
Ruminiyada Moldova bilan birlashish bo‘yicha qonun loyihasi yangi bosqichga o‘tdi
18:41 / 23.06.2026
G‘arb razvedkasi SI kiberhujumlarining yangi tahdidi haqida ogohlantirdi
09:45 / 16.06.2026
Ukraina va Moldova YeI a’zoligi sari yana bir qadam tashladi
23:16 / 12.06.2026