O‘zbekiston | 10:24 / 12.01.2023
2123
1 daqiqa o‘qiladi

Koreya o‘zbekistonlik harbiy shifokorlar malakasini oshiradi

O‘zbekiston elchixonasi tomonidan Koreya Qurolli kuchlari Tibbiyot qo‘mondonligi bilan tashkil qilingan uchrashuv natijasida 2023 yilda mamlakat Mudofaa vazirligi tibbiyot mutaxassislarining tibbiy yordam ko‘rsatish kurslarida tahsil olishlari bo‘yicha kelishuvga erishildi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Foto: Dunyo

2022 yilda Koreya Respublikasi Qurolli Kuchlari Tibbiyot maktabi ushbu kurslar tashkilotchisi sifatida xalqaro akkreditatsiyadan o‘tganidan boshlab O‘zbekistonning 12 nafar harbiy xizmatchisi mazkur o‘quv kurslarida ta’lim olgan dastlabki xorijiy vakillardan bo‘lishdi.

O‘quv mashg‘ulotlari yakunida O‘zbekistonning barcha harbiy xizmatchilari Koreya Qurolli kuchlari komissiyasi oldida amaliy sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tdi. Kursning xalqaro standartlardan muvaffaqiyatli o‘tgani inobatga olinib, O‘zbekistonning barcha harbiy xizmatchilariga tegishli xalqaro sertifikatlar berildi.

2023 yilda O‘zbekiston Mudofaa vazirligining yana 15 nafar tibbiyot mutaxassisi ushbu kurslarda malaka oshirishi kutilmoqda.

Shoshilinch tibbiy yordam kursi AQSh, Kanada, Germaniya va boshqa qurolli kuchlarda o‘z samarasini ko‘rsatgan AQSh Mudofaa vazirligining jangovar jarohatlarni taktikaviy boshqarish kursiga qo‘shimcha hisoblanadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid