Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Baydenning uyida yana maxfiy hujjatlar topildi, buni tekshirish uchun maxsus prokuror tayinlandi
AQSh Adliya vazirligi tomonidan Jo Baydenning ofisi va uyida maxfiy hujjatlar topilishi bilan bog‘liq voqeani tekshirish uchun maxsus prokuror tayinlandi.
Foto: Reuters
AQSh bosh prokurori Merrik Garland prezident Jo Baydenga aloqador tahliliy markazda maxfiy hujjatlar topilganini tekshirish uchun maxsus prokuror tayinlanganini e’lon qildi — u sobiq federal prokuror Robert Hur.
CNBC telekanaliga ko‘ra, Garland bu haqda Jo Bayden va uning advokati prezidentning Delaver shtati, Uilmington shahridagi uyida maxfiy hujjatlarning ikkinchi partiyasi topilganini aytganidan bir necha soat o‘tib bayonot berdi.
Maxfiy hujjatlarning birinchi partiyasi 2 noyabr kuni Baydenning Vashingtondagi tahlil markazi ofisida topilgan, ammo bu haqda bir necha kun oldin ma’lum bo‘lgan edi. CNN xabariga ko‘ra, topilgan hujjatlar orasida Ukraina, Eron va Buyuk Britaniyaga oid materiallar ham bor.
Noyabr oyida AQSh Adliya vazirligi boshqa sobiq federal prokuror Jyek Smitni sobiq prezident Donald Trampga nisbatan ikkita jinoiy ish tergovi bo‘yicha maxsus prokuror etib tayinlagan edi.
Birinchi jinoiy ish Tramp uyida topilgan maxfiy hujjatlar bilan bog‘liq. Qonunga ko‘ra, u prezidentlik lavozimini tark etganda hukumat hujjatlarini AQSh Milliy arxiviga topshirishi shart edi.
Ikkinchi jinoiy ish rasmiylar bu hujjatlarni olishga uringanida Donald Tramp to‘sqinlik qilgan bo‘lishi mumkinligi bilan bog‘liq.
Mavzuga oid
22:40 / 05.05.2026
AQSh prezidenti Eronga kurashni davom ettirishdan voz kechishni maslahat berdi
13:42 / 05.05.2026
AQSh va Eron Fors ko‘rfazida yangi hujumlar boshladi
12:32 / 05.05.2026
Tramp Eronni «yer yuzidan supurib tashlash» bilan tahdid qildi
09:26 / 05.05.2026