Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fevral boshida Kiyevga 15 nafar yevrokomissar tashrif buyuradi
2 fevral kuni 15 nafarga yaqin yevrokomissar Ukraina hukumati vakillari bilan uchrashish uchun Kiyevga keladi, deb ma’lum qildi Yevrokomissiya matbuot kotibi Dana Spinant AFP'ga.
Gap portfoliolari Kiyev uchun tegishli mavzular bilan bog‘liq bo‘lgan yevrokomissarlar haqida ketmoqda: «moliyaviy masalalar, Yevropa Ittifoqiga a’zolik masalalari yoki energetika masalalari».
Delegatsiyaning yakuniy ro‘yxati hali tasdiqlanmagan.
Tashrif Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen va Yevropa kengashi rahbari Sharl Mishel o‘rtasidagi 3 fevralga mo‘ljallangan uchrashuvidan bir kun avval bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
20:01 / 02.06.2026
Kiyev va Dniproga zarba. Qurbonlar soni oshmoqda
08:54 / 26.05.2026
Lavrov: Rossiya Kiyevga “tizimli zarbalar”ni boshlaydi
20:32 / 25.05.2026
Rossiya Kiyevdagi «qaror qabul qilish markazlari»ga zarba berish bilan tahdid qildi
08:52 / 25.05.2026