Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa Ittifoqi aholisi narxlarning oshishidan xavotirlanyapti
Oziq-ovqat va energiya resurslari narxlarining ko‘tarilishi yevropaliklarning 93 foizini tashvishga solmoqda. Keyingi o‘rinda qashshoqlik, iqlim o‘zgarishi va urush tashvishlari. Bu - Yevroparlament tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalari.
Foto: AP
Oziq-ovqat va energiya narxining oshishi Yevropa Ittifoqi aholisining aksariyatini tashvishga solmoqda. 12 yanvar, payshanba kuni natijalari e’lon qilingan Yevroparlament tomonidan o‘tkazilgan "Yevrobarometr" so‘rovida respondentlarning 93 foizi shunday javob berdi.
Yevropaliklar qashshoqlik va ijtimoiy tabaqalanishdan ham xavotirda (83 foiz). Iqlim o‘zgarishi va Ukrainada urush avj olish xavfini respondentlarning 81 foizi bildirgan.
Germaniyada oziq-ovqat va energiya narxlarining oshishi xavotiri birinchi o‘rinda (93 foiz), ammo Ukrainadagi urushning boshqa mamlakatlarga tarqalishi (80 foiz) va iqlim o‘zgarishi (79 foiz) bilan bog‘liq xavotirlar mos ravishda ikkinchi va uchinchi o‘rinlarda turadi. Germaniya aholisi uchun qashshoqlik muammosi umumevropa natijalari bilan solishtirganda unchalik dolzarb emas: Germaniyada bu masala respondentlarning 76 foizini tashvishga solmoqda.
Yevropaliklarning fikricha, Yevroparlament qashshoqlik va ijtimoiy tabaqalanishga qarshi kurash (37 foiz), sog‘liqni saqlash sohasidagi vaziyatni yaxshilash (34 foiz) hamda iqlimni muhofaza qilish va yangi ish o‘rinlari yaratish (har biri 31 foiz) choralariga e’tibor qaratishi kerak.
Germaniyada ustuvorliklar turlicha: birinchi navbatda – demokratiya va huquq tizimi (41 foiz), keyin iqlimni muhofaza qilish (37 foiz) va qashshoqlikka qarshi kurash (36 foiz). Qadriyatlar haqida gapirganda, nemislar Yevroparlament birinchi navbatda demokratiyani (48 foiz), qonun ustuvorligini (34 foiz), Yevropa Ittifoqi va butun dunyoda inson huquqlarini (32 foiz) va so‘z erkinligini (31 foiz) himoya qilishi kerak, deb hisoblaydi.
Mavzuga oid
17:25 / 19.01.2026
Yevropa va Lotin Amerikasi vakillari dunyodagi eng yirik erkin savdo hududi bo‘yicha kelishuv imzoladi
15:44 / 16.01.2026
YeI chegaralarini noqonuniy kesib o‘tishlar soni 26 foizga kamaydi
23:20 / 15.01.2026
Grenlandiyani AQShdan himoya qilishning uchta varianti bor – The Economist
10:23 / 10.01.2026