Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chexiyadagi prezidentlik saylovida ikkinchi tur o‘tkaziladi
Andrey Babish va Petr Pavel ikkinchi turga yo‘l oldi.
Chexiyaning sobiq bosh vaziri Andrey Babish va NATO Harbiy qo‘mitasining sobiq raisi Petr Pavel prezidentlik saylovining ikkinchi turida ishtirok etadi. Bu haqda EFE agentligiga tayanib Interfax xabar berdi.
Saylov byulletenlarning 80 foizi sanab chiqilganidan keyin Babish 36 foiz, Pavel esa 34 foiz ovoz to‘plagan. Uchinchi o‘rinda 14 foiz ovoz bilan Mendel qishloq va o‘rmon xo‘jaligi universitetining sobiq rektori Danushe Nerudova bormoqda.
Prezidentlik saylovining ikkinchi turi 27-28 yanvar kunlariga belgilangan.
Babish ANO markazchilar siyosiy harakatining yetakchisi va hozirda parlamentdagi muxolifatni boshqaradi. Dushanba kuni sud Babishni Yevropa Ittifoqining 2 million yevrolik subsidiyasini noto‘g‘ri ishlatganligi yuzasidan ochilgan jinoyat ishi bo‘yicha oqlagan edi. Bu saylov oldidan unga qo‘shimcha kuch bag‘ishladi.
Pavel, G‘arb ommaviy axborot vositalari ta’kidlaganidek, qat’iy g‘arbparast yo‘nalishga amal qiladi. Xususan, u mojaroga barham berish va Ukrainani ko‘proq qo‘llab-quvvatlash tarafdori. Babish ham mojaroga barham berish tarafdori, ammo hukumatni Ukraina manfaatlarini Chexiyadan ustun qo‘ygani uchun tanqid qiladi.
Chexiya Respublikasida prezident asosan tantanavor funksiyalarga ega. Biroq, aynan u bosh vazir va markaziy bank a’zolarini tayinlaydi va Konstitutsiyaviy sudga sudyalarni taklif qiladi.
Mavzuga oid
09:38 / 12.06.2026
JCh-26. Koreyslar kambek amalga oshirdi
10:00 / 10.06.2026
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
09:14 / 27.05.2026
Chexiyalik fuqaro Eurojackpot lotereyasida 120 mln yevro yutdi
22:01 / 26.05.2026