Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Saudiya rasmiylari 2023 yilgi haj mavsumi bo‘yicha bitim imzoladi
Saudiya Arabistonining Jidda shahrida “Hajj Expo 2023” haj va umra xizmatlari ko‘rgazma-konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Anjuman doirasida haj va umra vaziri doktor Tavfiq ar–Rabi’a O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari bilan 1444 hijriy yil Haj mavsumi tartibotlari bo‘yicha bitim imzoladi.
Bitimda hojilar kvotasi, kelish-ketish joylari va vositalari belgilangan; ziyoratchilarning xavfsizligini kuchaytirish, Saudiya Arabistoniga kelishga tayyorgarlikdan boshlab, ketishlarigacha bo‘lgan vaqt mobaynidagi ishlarni osonlik bilan amalga oshirish borasidagi tashkiliy masalalar bo‘yicha ko‘rsatmalar ham kiritilgan.
Bu haqda Kun.uz'ga ma’lum qilgan podshohlik elchixonasining qo‘shimcha qilishicha, “Espo al-Haj 2023” haj va umra xizmatlari bo‘yicha eng yirik anjuman bo‘lib, unda 57 dan ziyod mamlakat vakillari, 70 dan ortiq ma’ruzachi va mutaxassis to‘plangan. Tadbirda Haj va umraga ixtisoslashgan 200 ta kompaniya qatnashmoqda. 60 mingdan ziyod kishi ko‘rgazma faoliyati bilan tanishgan.
“Anjuman fikr-mulohazalar, innovatsiya va tajriba almashish maydoniga aylandi. U turli davlatlarga bitimlar imzolash, haj va umra mavsumlaridan ancha oldin o‘z fuqarolari ishlarini tartibga solish imkonini ham berdi. Bular o‘z navbatida Rahmon mehmonlari osonlik bilan o‘z amallarini bajarishlariga sharoit yaratdi.
Konferensiya ishi 4 kun davom etib, 40 ishchi guruhlarida olib borildi. 9 ta yalpi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda podshohlikning “2030 yilga nigoh” strategiyasi maqsadlarini amalga oshirish doirasida Rahmon mehmonlariga taqdim etiladigan xizmatlarni yaxshilash, raqamlashtirishni joriy etish, ko‘rsatilayotgan xizmatlarni yanada yaxshilashlashning kompleks tizimini yaratish masalalari muhokama qilindi.
Yuqoridagilarning barchasi Saudiya Arabistoni podshohligining Rahmon mehmonlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarni yanada takomillashtirish, logistika, xavfsizlik va texnologiya hamda madaniyat va ma’rifatning barcha sohalaridagi tajribalarni boyitish borasidagi sa’y-harakatlari doirasida amalga oshirilmoqda”, – deyiladi rasmiy relizda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Haj va Umra ziyoratlariga koronavirus pandemiyasi tufayli kiritilgan cheklovlarning hammasi bekor qilinib, umra vizalari muddati 30 kundan 90 kunga uzaytirilishi ma’lum bo‘lgandi.
Mavzuga oid
07:09 / 02.06.2026
1,7 million ziyoratchi va aqlli boshqaruv. Haj-2026 yakunlari
08:37 / 29.05.2026
Jahon boylik xaritasi o‘zgarmoqda: yangi liderlar paydo bo‘lmoqda
08:52 / 27.05.2026
Saudiyadagi 1 kilometrlik osmono‘par binoda Xitoy texnologiyalari qo‘llanadi
08:43 / 23.05.2026