Haj va Umra vaziri doktor Tavfiq bin Favzon ar–Rabi’a musulmonlarni xursand qiladigan xabarni oçiqlab, hojilar soni şartlarsiz yoki yoşni çegaralamagan holda, 1444 hijriy yilgi Haj mavsumida koronavirus tarqalişidan oldingi holatiga qaytarilişini ma’lum qildi. Şuningdek «Espo al-Haj» Haj va Umra xizmatlari konferensiyasi va körgazmasi oçilişi marosimida umraçilarni töla suğurta qiliş tölovlari 88 riyol (taxminan 23,5 AQŞ dollari)ga va hojilarni suğurta qiliş tölovlari 29 riyol (taxminan 7,73 AQŞ dollari)ga pasaytirilişini ham bildirdi.
Vazir podşohlik Makkadagi haramni kengaytirişga aloqador infrastrukturani bunyod etişga jami 200 mlrd. riyol (taxminan 53,33 mlrd. AQŞ dollari)dan ziyod mablağ sarflaganini körsatib ötdi. Bu tarixdagi eng katta quriliş loyihasiga aylandi.
Payğambarimiz haramlarini kengaytiriş va muqaddas qadamjolar (Mino, Arafot va Muzdalifa)ni rivojlantirişga qaratilgan işlar davom ettirilmoqda. Şuningdek, Qubo masjidini rivojlantirişdek yirik loyiha amalga oşirilmoqda.
Bunda eng munosib xalqaro me’yorlar asosida infrastrukturasi rivojlantirilmoqda. Joylar sonini oşiriş yölida transport tizimi va logistika xizmatlaridagi hamkorlari va ularning hamkorlari bilan işlangan. Jumladan, Rahmon mehmonlariga xizmat körsatadigan Podşohlikdagi eng katta aeroport, ya’ni Jiddadagi Podşoh Abdulaziz nomidagi xalqaro aeroport bunyod etildi. Quriliş işlariga 40 mlrd. riyol (taxminan 10,67 mlrd. AQŞ dollari)dan ziyod mablağ sarflandi. Makka al–Mukarrama va Madina al–Munavvarani boğlaydigan Ikki muqaddas masjid temiryöli qurilişiga 64 mlrd. riyol (taxminan 17,07 mlrd. AQŞ dollari)dan ziyod mablağ işlatildi.
Mazkur temiryöl safar vaqtini ikki soatga kamaytirdi. Avvallari yölga 6 soatdan köproq vaqt ketardi.
Doktor Tavfiq bin Favzon ar–Rabi’a Haj va Umra vazirligi Rahmon mehmonlariga körsatiladigan xizmatlarni doimiy ravişda rivojlantiriş va bosqiçma–bosqiç tajribalarni yaxşilaşga sa’y–harakat qilayotganini körsatib ötdi.
Şu doirada vazirlik umraçilarni töla suğurta qiliş tölovlarini 63 foizga, ya’ni 235 riyol (taxminan 62,67 AQŞ dollari)dan 88 riyol (taxminan 23,5 AQŞ dollari)ga pasaytirdi. Hojilarni suğurta qiliş tölovlari esa 73 foizga, ya’ni 109 riyol (taxminan 29,07 AQŞ dollari)dan 29 riyol (taxminan 7,73 AQŞ dollari)ga kamaytirildi. Bu podşohlik xizmatlar sifatini oşiriş va ulardan bahramand bölişni yengillaştiriş, Makka al–Mukarrama va Madina al–Munavvaraga hojilar va umraçilar yetib borişlarini osonlaştirişga qaratilgan sa’y–harakatlaridan dalolat beradi.
Haj va Umra vaziri joriy yildan e’tiboran Haj böyiça barça delegatsiyalar podşohlikda faoliyati ruxsat etilgan har qanday şirkat bilan bitimlar imzolaşi mumkinligini bildirdi. Bunda önlab yillardan beri butun dunyodagi har bir delegatsiyaga faqatgina muayyan bir şirkatlar bilangina bitimlar tuzişga ruxsat etilgandi. Şu yöl bilan vazirlik delegatsiyalar bilan bir şirkat emas, turli şirkatlar bitimlar imzolaşi uçun şirkatlar örtasidagi raqobat uçun yöl oçib berdi.
Vazir hojilar soni yoşni çegaralamagan holda, koronavirus tarqalişidan oldingi holatiga qaytarilişi xuşxabarini e’lon qildi. Hojilar va umraçilar safarlarini mazmunan boyitiş yölida Payğambarimiz Muhammad sallallohu alayhi va sallam hazratlari va ularning muhtaram sahobalari hayotlariga aloqador 20 dan ortiq körgazma va 100 dan ziyod tarixiy joylarni jihozlaş işlari boşlab yuborilganini ham qayd etdi.
Doktor Tavfiq bin Favzon ar–Rabi’a umraçilarga bir qator yengilliklar berilişiga e’tiborni qaratib, ular Umra vizasi bilan podşohlikning barça yerlariga borişlari uçun imkoniyat yaratilganini bildirdi. Ayni vaqtda boşqa turdagi vizalarni olganlarga Umra manosiklarini ado etişga ruxsat berilişini körsatib ötdi. Şuningdek Umra vizalari muddati 30 kundan 90 kunga uzaytirilmoqda. Boşqa tomondan «Nusuk» platformasi işga tuşirilib, 24 soat içida elektron viza oliş imkoniyati yaratildi. Haj xizmatlari konferensiyasi va körgazmasi Podşohlikdagi eng yirik şunday tadbir hisoblanadi. Unda Rahmon mehmonlari safarlariga yengilliklar beriş uçun Podşohlik içkarisi va taşqarisidagi mavzuga aloqador barça şaxslar töplandi.












