Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aksilkorrupsiya agentligi Toshkent viloyati hokimligining xarajatlari bo‘yicha tekshiruv boshladi
Kun.uz Toshkent viloyati hokimligi 2022 yil davomida o‘zining AKT markaziga bir necha marta pul o‘tkazib berganiga oid shubhali holatlarni yoritgan edi. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi holat yuzasidan o‘rganish ishlarini boshladi.
“Toshkent viloyati bo‘yicha yuqoridagi maqolada keltirilgan holat yuzasidan o‘rganish boshlangan. Umuman, ayni shu masalada barcha davlat organlari va tashkilotlarida mablag‘larning sarflanishi bo‘yicha o‘rganish ishlari boshlandi, natijalari bo‘yicha agentlik o‘z rasmiy munosabatini e’lon qiladi”, – deya Kun.uz'ga ma’lum qildi agentlik mas’ul xodimi.
Ma’lumot uchun, Toshkent viloyati hokimligi va uning uning AKT markazi o‘rtasida 2022 yil davomida tuzilgan shartnoma qiymati yil davomida bir necha marta oshib, 210 mln so‘mlik shartnoma 2 mlrd so‘mgacha yetgan.
Ayrim holatlar bu mablag‘larning aslida piar uchun ishlatilgan bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatmoqda. Hokimlik axborot xizmati buni rad etib, mablag‘lar viloyat hokimligining AKT markazida ishlovchi 87 nafar (!) xodimning ish haqi, texnik xizmat ko‘rsatish, yangi texnikalar sotib olish, hokimlik saytini yangilash, aholi murojaatlari bilan ishlash uchun platformalar yaratish kabilarga sarflanganini bildirdi.
Mavzuga oid
17:51 / 07.07.2026
“Misqollab yaratilgan Toshkent brendini yo‘qotib qo‘yishimiz mumkin” – issiqxonachi muqobil yechimlar haqida
12:04 / 06.07.2026
Katta Chimyon tog‘ida oyog‘i lat yegan fuqaro qutqarib qolindi
19:49 / 02.07.2026
Toshkent viloyatida issiqxonalarni demontaj qilish boshlandi
11:20 / 22.06.2026