Qator sanoat korxonalari gaz va elektr energiyasidan uzilib, avtomobillarga gaz quyiş şoxobçalarida sutkalik çeklovlar örnatilgani ham vaziyatni ijobiy tomonga özgartiriş uçun yetarli bölmayapti.

Hozir har bir özbekistonlikning fikri-xayoli, tilida şu sözlar: uy sovuq, çiroq tez-tez öçmoqda, gaz past yoki umuman yöq.

Kun.uz muxbiri mamlakatning energiya inqirozi, undan çiqiş yöllari va hukumat körayotgan çoralar tahliliga bağişlab siyosatşunos Kamoliddin Rabbimov, siyosatşunos Hamid Sodiq va iqtisodçi Otabek Bakirov bilan intervyu ötkazdi.

— Suhbatni keça va bugunning eng qaynoq mavzusi prezident iştirokida ötgan yiğiliş va unda jazolangan amaldorlar mavzusidan boşlasak. Jumladan, işdan olinganlar orasida eng köp muhokamalarga sabab bölayotgani bu – Toşkent şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayevning işdan olinişi qarori.

Intervyuga tayyorgarlik davomida ijtimoiy tarmoqlarni kuzatarkanman, bu qarorga bölgan turliça munosabatlarni öqidim. Ular içida Ortiqxöjayev hokimlikdan olinganidan xursand bölganlar ham, va nihoyat mana endi poytaxtdagi tartibsiz qurilişlar, energetik va ekologik muammolar kamayadi deyotganlar ham, uning olinişi bu oğir vaziyatda şunçaki “qon çiqarib yuboriş” bölgani kabi ekani, ya’ni heç narsani hal qilmasligi, şunçaki odamlarni mavjud muammolardan çalğitiş ekanini yozayotganlar ham bor.

Xöş, siz tahlilçi sifatida Ortiqxöjayevning işdan olinişini qanday qabul qildingiz, ya’ni keçagi özgarişlarning mantiğini qanday tuşunmoq kerak?

Otabek Bakirov:

— Yuqorida aytib ötganingiz ikki toifada ham emasman men. Ikkalasida ham haq gapni aytganlar bor. Umuman, kommunal sohani oladigan bölsak, bizda respublika taşkilotlarining vakolatlari va şahar hokimliklarining vakolatlari qayergaça? Masalan, dekabr oyida davlat rahbarining Uçtepaga taşrifi çoğida «Pod’yezd uçun kim javobgar?» degan masalada şahar hokimligi ham, tegişli vazirlik ham javob berolmagan edi. Demoqçi bölganim şuki, bu masalada Ortiqxöjayevning ham mas’ulligi bor. Lekin uning oldiga jiddiy savol qöyilişi kerak bölganda, bu masala emas, boşqa masalalar qöyilsa, töğriroq bölardi. Masalan, men Ortiqxöjayev ötgan beş yil içida şahar uçun eng kerakli bölgan ijtimoiy ne’matlarni yaratişdan şahar mamuriyatini butunlay çetlaştirdi deb hisoblayman. Yana masalan, u ma’muriyat va biznes manfaatlari töqnaşuviga amal qilmagani masalasi böyiça savol qöyilsa bölardi. Va eng köp ta’kidlanadigan masala: budjet samaradorligi böyiça savol qöyiş kerak edi.