Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Serbiya urush tufayli Rossiyadan uzoqlashishga harakat qilmoqda - Bloomberg
Mamlakat prezidenti Vuchichning Ukrainadagi urush tufayli Putin bilan munosabatlari keskinlashgan.
Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich va Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rtasidagi munosabatlar Ukrainadagi urush boshlanganidan keyin keskinlashdi, deb yozdi Bloomberg.
Serbiya Rossiya Federatsiyasining Yevropadagi eski ittifoqchisi bo‘lishiga qaramay, urush boshlanganidan keyin Rossiyadan har tomonlama uzoqlashishga harakat qilmoqda.
Vuchich rossiyalik hamkasbi bilan bir necha oydan beri muloqot qilmaganini aytib, Serbiya Rossiyaning Ukrainaga qo‘ygan hududiy da’volarini rad etishini ta’kidladi.
«Biz boshidanoq Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishini qo‘llab-quvvatlay olmasligimizni aytdik <...> Biz uchun Qrim - Ukraina, Donbass - Ukraina va shunday bo‘lib qolaveradi», dedi Vuchich seshanba kuni Belgraddagi qarorgohida.
Avvalroq, Vuchich Serbiyada «Vagner» XHK vakillari yo‘qligini ta’kidlab, serblarning urushga yollanishini tanqid qilgandi.
Mavzuga oid
08:56 / 11.07.2026
Ukraina Rossiyadagi strategik obektlarga zarbalarni kengaytirmoqchi
20:15 / 10.07.2026
Lvivda olomon harbiy komissariat avtomobilini ag‘darib tashladi
15:45 / 10.07.2026
Putin urushni davom ettirmoqchi
10:10 / 10.07.2026