Yevropa kengashi bosh kotibi Navalniyni ozod qilishga chaqirdi
Mariya Peychinovich-Burich IHeS Aleksey Navalniyni ozod qilishga qaror qilganini, biroq muxolifatchi hamon «og‘ir sharoitda» qamoqda qolayotganini eslatdi.
Yevropa kengashi bosh kotibi Mariya Peychinovich-Burich Rossiya rasmiylarini Aleksey Navalniyni kechiktirmasdan ozod qilishga chaqirdi. Bu haqda Yevropa kengashi matbuot xizmatining 17 yanvar, seshanba kuni – Rossiyada muxolifat yetakchisi hibsga olinganining ikki yilligi munosabati bilan tarqatgan bayonotida aytiladi.
Xususan, Mariya Peychinovich-Burich Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi Aleksey Navalniyni ozod qilish to‘g‘risida qaror chiqarganini, biroq muxolifatchi hamon «og‘ir sharoitlarda» qamoqda qolayotganini eslatdi. Yevropa kengashi bosh kotibi Navalniy hibsda bo‘lganida shafqatsiz munosabatga duch kelayotgani haqidagi xabarlardan xavotir bildirdi. «Rossiya hukumatini unga zudlik bilan barcha zarur tibbiy yordam ko‘rsatilishini ta’minlashga chaqiraman», — dedi Peychinovich-Burich.
17 yanvar kuni Rossiya muxolifati yetakchisining tarafdorlari uni qamoqdan ozod qilish uchun turli sa’y-harakatlarni birlashtirish maqsadida #FreeNavalny - «Navalniyga ozodlik» kampaniyasini boshladilar. Aksiya Aleksey Navalniy Germaniyadan Rossiyaga qaytganining ikki yilligi munosabati bilan boshlangan, u yerda "Novichok" zaharlovchi moddasi bilan hujumdan keyin davolangan edi. Siyosatchi 2021 yil 17 yanvar kuni Moskva aeroportida hibsga olingan va o‘shandan beri deyarli 730 kun hibsda saqlanmoqda.
Aleksey Navalniy Vladimir viloyatining Melexovo shahridagi 6-sonli koloniyada. O‘tgan yilning iyun oyidan beri, "IK-6" qamoqxonasida saqlanayotgan paytda u o‘n marta jazo kamerasiga yuborilgan. Yanvar oyi boshida advokat Vadim Kobzev siyosatchining salomatligi yomonlashgani haqida xabar bergan edi.
Mavzuga oid
21:37 / 12.11.2024
Portugaliyada Aleksey Navalniy memoriali ochildi. U Rossiya elchixonasi yaqinida joylashgan
14:10 / 14.10.2024
Jahon OAV Navalniyning xotiralaridan parchalarni chop etdi
13:10 / 05.10.2024
«Dose»: Navalniy qo‘lini tekkizgan hamma narsa koloniyadan olib chiqib ketildi
23:25 / 03.10.2024