Aqlga sig‘maydigan hodisa: yonayotgan onadan bola tug‘ildi
Farg‘ona shahri ko‘chalaridan birida “Matiz” mashinasida yong‘in kelib chiqdi. Haydovchi mashinadan tushib qolishga ulgurgan, lekin uning orqa o‘rindiqda bo‘lgan 36 yoshli homilador xotini kuyish oqibatida vafot etgan. Voqea joyiga yetib borgan tez yordam shifokorlari yonayotgan mashinada tug‘ilgan chaqaloqni qutqarib qolishgan. Lekin u ham 3 soatdan ko‘proq yashagan xolos.

Kun.uz muxbiri surishtiruvidan ma’lum bo‘lishicha, dahshatli hodisa er-xotinning o‘zaro ziddiyati tufayli sodir bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Surishtiruv organiga ko‘ra, mashinaning orqa o‘rindig‘ida bo‘lgan haydovchining turmush o‘rtog‘i M.X. o‘zi bilan uyidan olib chiqqan plastmassa idishdagi benzinni turmush o‘rtog‘i M.U.ga, keyin esa o‘zi va mashina saloni ichiga sepib, yoqib yuborgan.

M.U. mashinadan chiqib ketishga ulgurgan. Homilador turmush o‘rtog‘i esa alanga ichida qolib ketgan. Ko‘ngilsiz holat ortidan ona qornidagi 32 haftalik bo‘lgan chaqaloq avvaliga tirik qolganiga qaramay keyinchalik shifoxonada vafot etgan.
Viloyat VFB matbuot kotibi Ahlidin Alijonov holat bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qildi:
“24 yanvar kuni soat 19:17da Farg‘ona shahri “Beruniy” MFY Marg‘ilon ko‘chasida yo‘lning qatnov qismida to‘xtab turgan Matiz avtomashinasi yonayotgani bo‘yicha Farg‘ona viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi markaziy dispetcherlik xizmatiga xabar kelib tushdi.

Yong‘in qutqaruv ekipaji aytilgan manzilga 19:19da yetib borib, 19:20da yong‘in qurshab olinib, 19:24 da yong‘in butunlay o‘chirilgan”.
Farg‘ona shahar tez tibbiy yordam markazi feldsheri Safarali Suvonov voqea joyiga yetib borib, ona qornidan chiqib qolgan chaqaloq kindigini qirqadi hamda uni zudlik bilan yaqin oradagi shifoxonaga olib boradi.

“Chaqiruvdan keyin hodisa sodir bo‘lgan joyga zudlik bilan yetib bordik. Biz borgan paytda olov o‘chirilgan, mashina eshiklarini buzishayotgan ekan. Atrofda yig‘ilgan odamlar mashina salonidan ovoz chiqayotgani, chaqaloq ingrayotgani haqida aytib qolishdi. Haqiqatan ham mashina oldi o‘rindig‘ida chaqaloq ovoz chiqarayotganining guvohi bo‘ldik. Mashina ichiga kirib bolani ko‘tarib turdim. Men bilan birga borgan shifokor Iqbol Abdullayev chaqaloq kindigini qaychi bilan kesdi. Salondagi is gazidan bir muddat gangib qoldim.


Bolani “adyol”ga o‘rab yaqin oradagi raddomga olib borib topshirdik. Shifokorlar bizga bola nafas olayotgani, kislorodga ulashganini aytishdi.
Bunday holat ish faoliyatim davomida birinchi marta kuzatilyapti. Rosti holatdan o‘zimni yo‘qotib qo‘ydim. Ko‘zimdan yosh qalqib chiqib ketdi. Bolani mashinadan olayotganimda ko‘zim uning sochiga tushdi. Sochi allaqachon qorayib qolgan ekan. Keyinroq bola nobud bo‘lganini aytishdi”, – deydi u.
Tez tibbiy yordam chaqiruv shifokori Iqbol Abdullayev yonayotgan ayoldan tirik farzand tug‘ilishini mo‘jiza, deya ta’kidladi:

“Neftchi stadioni yonida mashina yonayotgani bo‘yicha chaqiruv bo‘ldi. Mashina atrofiga yig‘ilganlar salonda homilador ayol borligini aytib qichqirishardi. Ayol yonib kuyib ketgan edi. Dahshatli holat tomoshabinlar ham ta’sir qilib ularning ko‘pini sog‘ligi yomonlashgan ekan. Ularga ham birinchi yordam ko‘rsatdik. Orada salon ichida chaqaloq ovozi chiqayotganini aytishdi. Feldsher Safarali Suvonov chaqaloqni ko‘tarib turdi.
Men chaqaloqni onasidan ajratib qaychi bilan kindigini kesdim.Feldsher bilan birga chaqaloqni kindigini kesib olib, og‘iz bo‘shlig‘i, nafas yo‘llarini tozalab, tezlik bilan tug‘uruqxonaga olib bordik.
Ish faoliyatim davomida bunday holatga birinchi marta duch keldim. Yonayotgan ayoldan tirik farzand tug‘ilishi bu mo‘jiza edi”.
Farg‘ona shahar tibbiyot birlashmasi tug‘uruqxona bo‘limi shifokori Saida Muslimovaning aytishicha, chaqaloq shifoxonaga olib kelingandan keyin 3 soat 5 daqiqa davomida yashagan.

“24 yanvar kuni tug‘uruqxonada navbatchi edim. Tez yordam mashinasida og‘ir kuyish darajasi bilan chaqaloq olib kelishdi. Ahvoli o‘ta og‘ir edi. Darhol reanimatsiya bo‘limiga olib kirib kerakli tibbiy yordam berdik. III darajali 100 foizli kuyish jarohati olgani uchun chaqaloq bor-yo‘g‘i 3 soat 5 daqiqa yashadi. Bolaning vazni 1 800 gramm bo‘lib o‘g‘il edi.
Ish faoliyatimda birinchi marta bunday holatga duch kelganim uchun bo‘lsa kerak, holatdan sarosimaga tushdim”, – deydi Saida Muslimova.
Haydovchi M.U. va kuyish oqibatida vafot etgan turmush o‘rtog‘i M.X.ni tanigan bilganlarning aytishicha, oilada ziddiyatlar tez-tez bo‘lib turgan. M.U. turmush o‘rtog‘i M.X.ga shar’iy nikoh asosida uylanib, Farg‘ona shahar Qo‘qon ko‘chasida ko‘p qavatli uylardan birini ijaraga olib bergan. Hodisa sodir bo‘lgan kuni yigit turmush o‘rtog‘i homilasini tekshirtirish uchun shifoxonaga olib ketayotgan bo‘lgan.
Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, fuqaro M.U. Matiz mashina boshqaruvida homilador turmush o‘rtog‘i (shar’iy nikoh asosida), 1987 yilda tug‘ilgan M.X.ni shifoxonadan yashash xonadoniga olib ketayotgan vaqtida, turmush o‘rtog‘i uni rashk qilishi oqibatida janjallashib ketgan.
Avtomashina orqa o‘rindig‘ida o‘tirgan M.X. o‘zi bilan uyidan olib chiqqan plastmassa idishdagi benzinni dastlab turmush o‘rtog‘i M.U.ga, keyinchalik esa o‘zi va mashina saloni ichiga sepib, yoqmoqchi bo‘lgan.
Turmush o‘rtog‘ining ushbu harakatidan qo‘rqib ketgan M.U. mashinadan tushib, tashqariga qochgan vaqtda M.X. yondirgich (zajigalka) bilan o‘zini va mashinani yoqib yuborgan.
Hozirda holat yuzasidan Farg‘ona shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 103-moddasi 2-qismi “b” bandi (o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Sarvar Ziyayev,
Jahongir Aliboyev,
Kun.uz
Tavsiya etamiz
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
Eronning amaldagi siyosiy tizimi. U qanday paydo bo‘lgandi?
Jahon | 19:30 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Saida Mirziyoyeva ommaviy axborot vositalari xodimlarini tabrikladi
Jamiyat | 18:10
-
YeOII bilan manfaatli hamkorlikni kengaytirish iqtisodiy siyosatimizning ustuvor yo‘nalishi – prezident
O‘zbekiston | 17:25
-
“Navoiyuran” London Stock Exchange’da 300 mln dollarlik yevrobond joylashtirdi
O‘zbekiston | 17:00
-
Rossiya Ukrainadagi eng yirik litiy konlaridan birini egalladi – OAV
Jahon | 16:48
Mavzuga oid

15:06
Toshkentda yana bir avtobusda yong‘in chiqdi

14:43
Noqonuniy yoqib yuborilgan dala maydonlari hajmi ma’lum qilindi

13:10 / 26.06.2025
Shimoliy vokzal oldidagi yerosti tunnelida Gentra yonib ketdi

11:30 / 25.06.2025