Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ikki haftada 4,5 mln kVt-soat elektr energiyasi o‘g‘irlangani aniqlandi
Bu 22 ming 500 ta xonadonning bir oylik iste’molini tashkil qiladi.
10-24 yanvar kunlari Energetika vazirligi ishchi guruhi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida ayrim tadbirkorlik sub’yektlari va iste’molchilar tomonidan 300 ta holatda 4,5 mln kVt-soat miqdordagi elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgani aniqlangan.
Xususan, Surxondaryo viloyatidagi «Mashhura Tort Angor», Andijon viloyatidagi «Oq yor sauna» hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi «Sake bumer» kabi maishiy xizmat ko‘rsatuvchi bir qator korxonalar elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan. Oqibatda energetika tizimiga jami 2,1 mlrd so‘m miqdorida zarar keltirilgan. Bunday hajmdagi elektr energiyasi o‘rtacha 22 ming 500 ta xonadonning bir oylik iste’molini tashkil qiladi.
Elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan iste’molchilar tarmoqdan ajratilib, hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.
Mavzuga oid
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
12:12 / 09.06.2026
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qisqardi
11:00 / 08.06.2026
Isroilda xavfsizlik vaziyati keskinlashishi mumkin - elchixona
09:01 / 04.06.2026