Jahon | 13:29 / 25.01.2023
6832
2 daqiqa o‘qiladi

Oleksiy Kuleba Ukraina prezidenti ofisi rahbari o‘rinbosari bo‘ldi

Foto: AP

Ishdan bo‘shatilgan Kirill Timoshenko o‘rniga Kiyev viloyati viloyat davlat ma’muriyatining sobiq rahbari keldi.

Kiyev viloyati viloyat davlat ma’muriyati (VDM) sobiq rahbari Oleksiy Kuleba Ukraina prezidenti ofisi rahbarining o‘rinbosari bo‘ldi. Bu haqdagi farmonni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 24 yanvar, seshanba kuni imzoladi. 23 yanvar kuni kechqurun Zelenskiy turli darajadagi amaldorlar o‘rtasida bo‘lajak o‘zgarishlar haqida ma’lum qildi. Shu kuni 2019 yildan buyon ushbu lavozimda ishlab kelayotgan davlat rahbari devoni rahbari o‘rinbosari Kirilo Timoshenko o‘z lavozimidan ozod etildi.

24 yanvar kuni Ukraina hukumatida to‘rt vazir o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi, beshta viloyat ma’muriyati rahbarlarining iste’fosi ham tasdiqlandi.

Mudofaa vaziri o‘rinbosari Vyacheslav Shapovalov, ijtimoiy siyosat vaziri o‘rinbosari Vitaliy Muzichenko, jamiyatlar va hududlarni rivojlantirish vaziri o‘rinbosarlari Ivan Lukerya va Vyacheslav Negoda, shuningdek, Dengiz va ichki suv transporti va kemachilik davlat xizmati raisining o‘rinbosari Anatoliy Ivankevich hamda raqamli rivojlanish idorasi raisi o‘rinbosari Viktor Vishnev o‘z lavozimidan ozod etildi. Bundan tashqari, hukumat 5 nafar viloyat davlat hokimiyati organlari rahbarlarini lavozimidan ozod etish to‘g‘risida kelishib olindi. Gap Dnipropetrovsk (Valentin Reznichenko), Zaporijjya (Aleksandr Starux), Kiyev (Oleksiy Kuleba), Sumi (Dmitriy Jivitskiy) va Xerson (Yaroslav Yanushevich) viloyatlari rahbarlari haqida bormoqda. Shu kuni ertalab Ukraina bosh prokurori Andrey Kostin o‘z o‘rinbosari Oleksiy Simonenkoni ishdan bo‘shatish haqidagi buyruqni imzolagan edi.

Iste’folarning rasmiy sabablari haqida xabar berilmagan. Ukraina matbuotiga ko‘ra, korrupsiya mojarolari ortidan bir qator amaldorlar ishdan bo‘shatilgan.

Mavzuga oid