Yaponlar uzoq umr körişi haqida bilamiz. Lekin mamlakatning bir hududi – Okinava hatto Yaponiyaning özida aholisining uzoq yaşaşi bilan ajralib turadi. Okinavani “uzoq umr köruvçilar oroli” deb ham ataşadi.
2019 yil ma’lumotiga köra, Okinavada har 100 ming aholiga 68 nafar 100 yoşdan oşgan odam töğri kelgan. Hududda aholining 100 dan oşişi imkoni butun Yaponiyanikidan 40 foizga yuqoriroq.
Bu qanday hudud?
Okinava Yaponiya prefekturalaridan biri hisoblanadi. Hudud 160 ta aholi yaşaydigan va yaşamaydigan orollar yiğindisidan iborat. Hududi 2 ming kv metr bölgan prefekturada 1,4 mlnga yaqin odam yaşaydi.

Okinavada yil böyi iliq va mö’tadil ob-havo hukmronlik qiladi. Iyulda, hatto eng issiq oylarda ham harorat 29 daraja atrofida, kamdan kam holatda esa 35 darajagaça çiqadi. Qişda esa harorat 17 daraja atrofida böladi. Orol öziga xosliklari bilan sayyohlar e’tiborini tortib keladi.

Ajoyib qişloq
National Geographic naşri nima sababdan orolliklarning uzoq umr körişi haqida hikoya qiladi.
Okinavaning asosiy orolidan şimolda joylaşgan Ogimi qişloğida quyidagi yozuvlarni uçratiş mumkin: “Agar 80 yoş bölsangiz – siz hali yoşsiz. Agar 90 yoşda ajdodlaringiz sizni u dunyoga çorlayotgan bölsa, ularga ayting, 100 yoşga kirguningizça kutib turişsin. 100 yoşda ölim haqida öylab körsangiz böladi”.


















