Hindiston Pokiston bilan munosabatlari keskinlaşgani fonida kemalarga qarşi raketalar sinovini ötkazdi. Bu haqda mamlakat Harbiy-dengiz floti vakili ma’lum qildi.
«Hindiston Harbiy-dengiz kuçlari kemalarga qarşi öt oçiş böyiça maşğulotlarni muvaffaqiyatli amalga oşirdi. Bu orqali platformalar, tizimlar va ekipajning uzoq masofalarga yuqori aniqlikdagi hujum zarbalarini berişga tayyorligi yana bir bor tasdiqlandi va namoyiş etildi», — deyiladi xabarda.
Raketlarni uçiriş sönggi kunlarda Hindiston va qöşni Pokiston örtasidagi keskinlik kuçaygani fonida ötkazildi. Taranglikka 22 aprel kuni Pahalgam şahrida (Jammu va Kaşmir hududi) amalga oşirilgan terrorçilik harakati sabab böldi. Uşbu hududni Hindiston nazorat qiladi, biroq unga uzoq yillar davomida Pokiston ham da’vo qilib keladi.
Qurollangan jangarilar Pahalgamdagi turistlarga hujum qilişi oqibatida 26 kişi halok böldi, yana önlab odamlar yaralandi. Hind kuç tuzilmalarining taxminiça, hujumni olti nafar jangari uyuştirgan. Ular Baysaran vodiysidagi söqmoq böylab harakatlanayotgan sayyohlarga öt oçgan. Hujum uçun mas’uliyatni «Kaşmir qarşiligi» qurolli guruhi öz zimmasiga olgan. Hindiston hujumni Pokiston bilan boğlamoqda.
Hindiston hukumati Pokistonga qarşi qat’iy çoralar kördi, jumladan, uning diplomatlarini mamlakatdan çiqarib yubordi va Hind daryosi suvlaridan foydalaniş töğrisidagi şartnomani töxtatib qöydi. Pokiston tomoni ham bunga qarşi çoralar bilan javob qaytardi, xususan, hind aviakompaniyalari uçun özining havo makonini yopdi. Mamlakat hukumati Hind daryosi suvining töxtatib qöyişga bölgan urinişni uruş akti sifatida qabul qilişlarini bildirdi. Mamlakat qişloq xöjaligi va energetikasining katta qismi uşbu suv oqimini barqarorligiga boğliq.
Hindiston va Pokiston çegarasida uç keçadan beri otişmalar yuz bermoqda. Pokiston Mudofaa vazirligi agar Hindiston eskalatsiyaga bormasa, harbiy harakatlarni boşlamasligini ta’kidlagan.
Hindiston boş vaziri Narendra Modi 27 aprel kuni mamlakat aholisiga murojaat yöllab, Nyu-Dehli sayyohlarning ölimiga aloqador şaxslarni javobgarlikka tortişini ma’lum qildi.













