Andijondagi uydan ayol va uning voyaga yetmagan jiyani jasadi topildi. Qotillikda gumonlangan shaxs ushlangan
30 yoshli erkak o‘z ammasi va jiyanini 7 mln so‘m pul uchun pichoqlab o‘ldirgan.
25 yanvar kuni Andijon viloyati, Xo‘jaobod tumani, «Mustaqillikning 27 yilligi» mahallasida yashovchi 1960 yilda tug‘ilgan ayol K.A. va uning 2005 yilda tug‘ilgan qiz jiyani S.K. murdasi qotillik alomatlari bilan topilgan.
Shu kuni viloyat prokuraturasi tomonidan holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «a» bandi (Ikki yoki undan ortiq shaxsni qasddan o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Bosh prokuratura matbuot xizmati ko‘p o‘tmay aniqlanishicha, qotillik ayolning qarindoshi tomonidan amalga oshirilgan.
«Andijonda sodir etilgan qotillik jinoyatini fosh etish borasida tezkor-qidiruv tadbirlari va tergov harakatlari olib borildi.
Aniqlanishicha, 25 yanvar kuni soat 18.30 larda 30 yoshli erkak ammasining yashash uyida kredit qarzdorligini to‘lash uchun qarzga pul so‘ragan va ammasidan rad javobini olgan.
Rad javobidan jahli chiqqan erkak pul mablag‘larini qo‘lga kiritishni maqsad qilib, ammasi va u bilan yashovchi jiyani (amakisining qizi) ni xo‘jalik pichog‘i bilan qasddan o‘ldirgan. Shundan so‘ng, u xonadonda bo‘lgan 7 mln. so‘m pulni qo‘lga kiritib, voqea joyidan yashiringan», deyiladi xabarda.
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida gumonlanuvchi shaxs ushlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston elchisi Andorra knyazi-hamraisiga ishonch yorliqlarini topshirdi
O‘zbekiston | 20:53
-
Putin urushdan qanday chiqishni bilmaydi – Vens
Jahon | 20:50
-
2025 yilning I choragida O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi keskin oshdi
Iqtisodiyot | 20:27
-
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilishdan oldin Zelenskiy bilan gaplashdi
Jahon | 20:22
Mavzuga oid

19:54 / 08.05.2025
AQShda salkam 50 yil oldin sodir etilgan qotillik tamaki qutisidagi barmoq izlari orqali fosh qilindi

16:15 / 06.05.2025
Surxondaryoda ruhiy xasta ayol 3 yoshli qizni pichoqladi

07:35 / 26.04.2025
Jizzaxda 40 sotix yerni sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

07:21 / 25.04.2025