2023 yil 20 yanvar kuni «Özkimyosanoat» AJ «Birinçi rezinotexnika zavodi» MÇJ (xalq tilida Angren şina zavodi) 100 foiz uluşini Rossiyaning «Tatneft» kompaniyasiga 826,57 million sömga sotiş böyiça şartnoma tuzdi. 

E’tiborlisi, kompaniyaning ustav kapitali 658 mlrd sömni taşkil qiladi. Şuningdek, uning sof aktivlari qiymati bitim tuzilişidan oldingi oxirgi çorakda 2,4 trln söm bölgan.

Bungaça zavodning 91,8 foiz uluşi «Özkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyati, 8,2 foizi esa «Özkimyoimpeks» MÇJga tegişli bölgan.

Kun.uz bu holatga izoh sörab «Özkimyosanoat» AJ matbuot xizmati bilan boğlandi. Matbuot xizmati vakili raqamlarda çalkaşlik bölganini aytmoqda. 

«Bu summani notöğri kiritib yuborişgan, bunday bölişi mumkin emas, bu masalaga oydinlik kiritilyapti», dedi kompaniya mas’uli. 

U sayt muxbiriga raqamlarni oçiqlamadi.

Xabar naşr qilinayotgan vaqtda Korporativ axborot yagona portalidagi raqamlarga tuzatiş kiritilmagandi.

Ma’lumot uçun, 2022 yil 2 dekabrda Samarqand şahrida bölib ötgan Özbekiston-Rossiya biznes forumi doirasida «Özkimyosanoat»  va «Tatneft» örtasida «Birinçi rezinotexnika zavodi» MÇJning 100 foiz uluşini sotiş va sotib oliş töğrisidagi şartnoma imzolangandi. Öşa paytda bitim narxi oçiqlanmagan edi. 

Zavod taşqi qarz evaziga qurilgan 

«Birinçi rezinotexnika zavodi»ga 2017 yilda Xitoyning Poly Technologies kompaniyasidan qarz mablağlari jalb qilingandi.

2018 yil iyul oyidan zavodda işlab çiqariş jarayoni boşlangan. Zavod 30 gektar maydonda joylaşgan bölib, uni qurişdan asosiy maqsad birinçi bosqiçda yengil avtomobillar uçun şinalar işlab çiqariş bölsa, ikkinçi bosqiçda konveyer tasmalari va qişloq xöjaligi texnikalari uçun şinalar işlab çiqarilişi közda tutilgan edi. Bu loyihaning mahalliy taşabbuskori «Özkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyati hisoblanadi.