Samarqand şahrida Özbekiston va Rossiya hukumatlari rahbarlari darajasidagi qöşma komissiyaning 3-majlisi bölib ötdi. Rossiya hukumati matbuot xizmati xabariga köra, forum doirasida «Özkimyosanoat» AJ va Rossiyaning «Tatneft» kompaniyasi örtasida «Birinçi rezinotexnika zavodi» MÇJning 100 foiz uluşini sotiş va sotib oliş töğrisidagi şartnoma imzolangan. Biroq kelişuv narxi oşkor etilmagan.
«Albatta, bitim qiymatini aytişmaydi, balki hatto balans qiymatiga ham yetmaydigan darajada karrasiga arzon narxda ketgani uçun, balki tekinga berilgani uçun. Va bu bilan oson qutulmaymiz. Özingizni şinalar importi böyiça bojlarning oşirilişi yoki notarif çeklovlarning yanada kuçayişiga ruhan tayyorlayvering.
«Birinçi rezinotexnika zavodi» AJ samarasizlik namunasi ölaroq birinçisi emas. Ungaça biz «Hyatt Regency» mehmonxonasini kördik, «Özagroeksportbank»ni kördik, Insulin zavodini kördik», - deya yozdi iqtisodçi Otabek Bakirov.
2 dekabr holatiga köra, ustav kapitali 658,4 mlrd söm bölgan «Birinçi rezinotexnika zavodi»ning 91,8 foizi «Özkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyatiga, 8,2 foizi esa «Uzkimyoimpeks» MÇJga tegişli bölgan.
Ma’lumot uçun, «Birinçi rezinotexnika zavodi» yoki xalq tilida Angren şina zavodi deya ataluvçi korxonaga 2017 yilda Xitoyning «Poly Technologies» kompaniyasidan qariyb 156 million dollarlik qarz mablağlari jalb qilingandi. 2018 yil iyul oyidan zavodda işlab çiqariş jarayoni boşlangan. Zavod 30 gektar maydonda joylaşgan bölib, uni qurişdan asosiy maqsad birinçi bosqiçda yengil avtomobillar uçun şinalar işlab çiqariş bölsa, ikkinçi bosqiçda konveyer tasmalari va qişloq xöjaligi texnikalari uçun şinalar işlab çiqarilişi közda tutilgan edi. Bu loyihaning mahalliy taşabbuskori «Özkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyati hisoblanadi.
Umuman olganda, zavod çetdan qarz olib qurilgan, keyin yana çetdan qarz olib pandemiya davrida qöllab-quvvatlangan edi. Mahalliy işlab çiqaruvçiga oson bölsin deb şina importiga boj joriy qilingandi. Ammo ma’lum bölişiça, korxona samarasiz işlab kelgan.
2021 yilning aprel oyida Qonunçilik palatasi spikeri örinbosari Alişer Qodirovning Hisob palatasiga tayanib bergan ma’lumotiga köra, zavod omborida «sifat talabiga javob bermaydigan» 100 mingta şina

















