Boş vazir örinbosari hamda Toşkent viloyati hokimi lavozimlarida faoliyat yuritgan Ğulomjon Ibragimov «Birinçi Rezinotexnika Zavodi» MÇJ direktori etib tayinlandi.
Ğulomjon Ibragimov viloyat rahbari lavozimida 2017 yilning oktyabrida paxta hosilini qöşib yozgani uçun işdan olingan Şukrullo Boboyev örnida iş boşlagandi. U 2018 yilning yanvarida Toşkent viloyati hokimi lavozimiga rasman tayinlangan.
Ibragimov 1958 yil Toşkent viloyatining Piskent tumanida tavallud topgan. 1980 yilda Toşkent politexnika institutini, 2003 yilda Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilişi akademiyasining Oliy işbilarmonlik maktabini tamomlagan.
Ança yillar davomida Olmaliq kimyo zavodida mehnat qilgan, 2004—2010 yillarda «Özkimyosanoat» kompaniyasi raisi sifatida faoliyat körsatgan. 2010 yildan Özbekiston hukumati tarkibida boş vazir örinbosari sifatida işlagan.
Ma'lumot uçun, Angrenda joylaşgan şinalar işlab çiqariş zavodi Özbekiston Prezidentining 2014 yildagi tegişli qaroriga muvofiq, qurib, bitkazilgan. 2018 yil iyuldan boşlab, köp turdagi mahsulotlarni işlab çiqariş yölga qöyilgan.

















