Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarni olti oyga uzaytirdi
Yevropa Ittifoqi kengashi Rossiyaga nisbatan joriy etilgan sanksiyalarni 2023 yil 31 iyulgacha uzaytirdi.
Foto: Yves Herman/REUTERS
«2014 yilda Rossiyaning Ukrainadagi vaziyatni beqarorlashtiruvchi harakatlariga javoban kiritilgan ushbu sanksiyalar Rossiyaning Ukrainaga qarshi asossiz harbiy tajovuzkorligi munosabati bilan 2022 yil fevralidan boshlab sezilarli darajada kengaytirildi», — deyiladi Yevropa Ittifoqi kengashi matbuot bayonotida.
Sanksiyalar savdo, moliya, texnologiya va ikkilamchi maqsadlardagi tovarlar, sanoat, transport va qimmatbaho tovarlarga cheklovlarni o‘z ichiga oladi.
Shuningdek, ular Rossiyadan Yevropa Ittifoqiga dengiz xomashyosi va ayrim neft mahsulotlarini olib kirishni, bir qator banklar uchun SWIFT tizimining ishlashini va Yevropada Rossiya propaganda resurslarining ishlashini taqiqlaydi.
Avvalroq Yevropa Ittifoqi Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini qo‘llab-quvvatlagani uchun Belarusga qarshi yangi sanksiyalar paketini tayyorlashi xabar qilingandi.
Bu chora-tadbirlar asosan YeI tomonidan Moskvaga nisbatan qo‘yilgan cheklovlar, jumladan, asosiy texnologiyalar va energetika sohasiga tegishli cheklovlarni takrorlaydi.
Boshqa narsalar qatorida: harbiy maqsadlarda qo‘llanadigan ikki maqsadli tovarlar va texnologiyalarni Belarusga yetkazib berishga embargo; qimmatbaho tovarlar, investitsiyalar va ayrim xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha savdo cheklovlari; Belarusga neft, ko‘mir, po‘lat mahsulotlari va oltin sotishni taqiqlash.
Mavzuga oid
11:17 / 10.02.2026
YeI ilk bor uchinchi davlatlar portlariga sanksiya qo‘llashni ko‘rib chiqmoqda
10:40 / 09.02.2026
Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar: nimalar kutilmoqda?
15:59 / 07.02.2026
Sanksiyalar: YeI sudi Rossiyadan olib kirilgan avtomobillarni musodara qilishga ruxsat berdi
13:10 / 02.02.2026