2022 yilda O‘zbekistonga ko‘chib kelganlar ko‘paygani, ko‘chib ketganlar kamaygani ma’lum bo‘ldi - statistika
O‘zbekistonga ko‘chib kelganlarning aksariyati Rossiya va Qozog‘istondan. Ko‘chib ketganlarning aksariyati ham shu mamlakatlarga yo‘l olgan.
Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekistonning 2022 yildagi asosiy demografik ko‘rsatkichlarini taqdim qildi.
2022 yilda O‘zbekistonga xorijdan ko‘chib kelganlar soni 2,3 ming nafarni tashkil etib, 2021 yilga nisbatan (1,9 ming) ko‘paygani ma’lum bo‘ldi. O‘tgan yillar kesimida kuzatilsa, 2018 yilda 2,9 ming, 2019 yilda 2,5 ming, 2020 yilda 1,1 ming kishi ko‘chib kelgan.
2022 yilda xorijdan ko‘chib kelganlarning 1,1 ming nafarini erkaklar, 1,2 ming nafarini ayollar tashkil qilgan.
O‘zbekistonga ko‘chib kelganlarning asosiy qismi Rossiyadan (jami ko‘chib kelganlarning 35 foizi) va Qozog‘istondan (32,8 foiz) ekani qayd etilgan. Shuningdek, Tojikiston (6,7 foiz), Qirg‘iziston (4,8 foiz), Turkmaniston (1,6 foiz) va boshqa mamlakatlar (19,1 foiz) hissasiga to‘g‘ri kelgan.
2022 yilda xorijga ko‘chib ketganlar soni 8,8 ming nafarni tashkil etib, 2021 yilga nisbatan (20,1 ming) keskin kamaygan. O‘tgan yillar kesimida kuzatilsa, 2018 yilda 17,6 ming, 2019 yilda 13,2 ming, 2020 yilda 13,6 ming kishi O‘zbekistondan ko‘chib ketgan edi.
Xorijga ko‘chib ketganlarning 4,1 ming nafari erkaklar, 4,7 ming nafari ayollar.
O‘zbekistondan ko‘chib ketganlarning asosiy qismi Qozog‘istonga (79,5 foiz) va Rossiyaga (16,4 foiz) yo‘l olgan. Shuningdek, Qirg‘iziston (0,7 foiz), Tojikiston (0,5 foiz), Turkmaniston (0,3 foiz) va boshqa mamlakatlar (2,6 foiz) hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Mavzuga oid
17:51 / 15.11.2024
Rossiyaning Samara oblastida migrantlar uchun patent narxi 1,5 baravar oshirildi
16:52 / 15.11.2024
Rossiyaning Saxalin oblastida migrantlarga 24 ta sohada ishlash taqiqlandi
15:19 / 15.11.2024
Sanoati rivojlangan mamlakatlarga migratsiya darajasi yangi cho‘qqiga chiqdi
19:33 / 13.11.2024