Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistondan Afg‘onistonga temiryo‘l qatnovi vaqtincha to‘xtatildi
1 fevraldan boshlab Afg‘onistonga temiryo‘l qatnovi vaqtincha to‘xtatilishi ma’lum qilindi.
Foto: O‘zbekiston temiryo‘llari
2022 yil 26-30 dekabr kunlari Termiz shahrida o‘tkazilgan muzokaralar davomida 2023 yil 1 fevraliga qadar Afg‘oniston hududidagi texnik ishlarni bosqichma-bosqich «Afg‘on temiryo‘llari» ishchilari tomonidan amalga oshirilishi bo‘yicha «Harakatlar rejasi» kelishilgan edi.
«O‘zbekiston temiryo‘llari» xabariga ko‘ra, uchrashuv davomida So‘g‘diyona Trans ShK va afg‘on temiryo‘l boshqarmasi o‘rtasida tomonlar bajaradigan ishlar ro‘yxati ikki tomonlama kelishilib, joriy yil 27 yanvariga qadar yangi shartnoma imzolanishiga kelishilgan hamda tegishli bayonnoma imzolangan.
Afg‘oniston temiryo‘l boshqarmasi kelishilgan chora-tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshira olmayotgani sababli, 1 fevraldan boshlab Afg‘onistonga temiryo‘l qatnovi vaqtincha to‘xtatilishi ma’lum qilingan.
G‘alaba-Hayraton temiryo‘li ochilishi haqidagi ma’lumotlar to‘ldiriladi.
Afg‘onistondagi Hayraton – Mozori Sharif temiryo‘li 2010 yilda qurilib, 2011 yildan boshlab Hayraton – Mozori Sharif temiryo‘lining barcha xizmatlari So‘g‘diyona Trans ShK tomonidan amalga oshirilmoqda.
Mavzuga oid
00:04 / 24.05.2026
Hayraton–Mozori Sharif temiryo‘l liniyasining rekonstruksiya qilingan bekati ish boshladi
21:29 / 21.05.2026
Yevropa “Tolibon”dan nima xohlayapti?
14:30 / 17.05.2026
Afg‘onistondan olib kelingan qariyb 600 kg narkotik modda to‘xtatib qolindi
15:35 / 16.05.2026