10:51 / 02.02.2023
13938

Aholisi soni eng ko‘p bo‘lgan tuman ma’lum qilindi

2023 yilning 1 yanvar holatiga respublikadagi doimiy aholi soni 36 024,9 ming kishini tashkil etgan. 

Foto: Kun.uz

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda doimiy aholisi soni eng ko‘p bo‘lgan tumanlar bo‘yicha birinchi o‘rinda Urgut tumani qayd etildi – 545,7 ming kishi.

Keyingi o‘rinlardan doimiy aholisi soni mos ravishda 409,5 ming kishi hamda 395 ming kishi bo‘lgan Denov tumani va Olmazor tumani joy oldi.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan tumanlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:

— Past Darg‘om tumani – 374,9 ming kishi;
— Yunusobod tumani – 366,9 ming kishi;
— Shayxontohur tumani – 360,5 ming kishi;
— Asaka tumani – 347,5 ming kishi;
— Mirzo Ulug‘bek tumani – 323,1 ming kishi;
— Shahrixon tumani – 317,2 ming kishi;
— G‘ijduvon tumani – 317,1 ming kishi.

Bundan oldin O‘zbekistonda doimiy aholisi soni eng ko‘p bo‘lgan shaharlar bo‘yicha birinchi o‘rinda Namangan shahri qayd etilgandi – 678,2 ming kishi.

Keyingi o‘rinlardan doimiy aholisi soni mos ravishda 573,2 ming kishi hamda 468,1 ming kishi bo‘lgan Samarqand shahri va Andijon shahri joy oldi.

Top