Ukrainadagi uruş Şveytsariyani betaraflik formatini özgartirişga undaşi mumkin, deb xabar beradi Bloomberg 2 fevral, payşanba kuni. Mamlakat parlamentiga Germaniya, Ispaniya va Daniyaga Ukrainaga Şveytsariyada işlab çiqarilgan öq-dorilarni yetkazib berişga ruxsat beruvçi qonun loyihasi taqdim etildi. Bundan taşqari, qonun loyihasida mamlakat rasmiylariga Polşa, Slovakiya va Çexiyaga Şveytsariya armiyasi ixtiyoridagi Leopard tanklarini Kiyevga topşirişni rejalaştirayotgan tanklarni almaştiriş uçun sotişga ruxsat beriş taklif etiladi.

Bloomberg bilan suhbatda, qonun loyihasini parlamentga taqdim etgan Erkin Demokratik partiya a’zosi Mayya Riniker şunday tuşuntirdi: «Biz Şveytsariyaning betarafligidan voz keça olmaymiz, ammo Şveytsariyadagi kabi bir xil demokratik qadriyatlarni qöllab-quvvatlaydigan mamlakatlar uçun qanday imkoniyatlarimiz borligini muhokama qilişimiz kerak».

Bir yil muqaddam, Rossiyaning Ukrainaga hujumidan oldin, Şveytsariyada bunday munozaralarni tasavvur qilib bölmas edi, deya ta’kidlaydi agentlik. Şveytsariya na Birinçi, na Ikkinçi jahon uruşida davlatlarning heç biriga qurol yetkazib bermagan.

Şveytsariya armiyasi 96 ta Leopard tankiga egalik qiladi, biroq ular işlatilmayapti va ön yildan beri saqlanyapti, ularni foydalanişdan çiqariş rejalaştirmoqda. Tanklarni sotiş uçun Şveytsariya parlamenti şunga köra qaror qabul qilişi kerak. Şveytsariya Mudofaa vazirligi Bloomberğga ma’lum qilişiça, hozirça na Yevropa davlatlari, na harbiy texnika işlab çiqaruvçi Germaniyaning Rheinmetall konserni tanklarni sotib oliş böyiça sörov yubormagan.

Mayya Riniker foydalanişdan çiqarilgan tanklarni Şarqiy Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga ramziy narxga sotişni taklif qildi: har bir texnika uçun bir Şveytsariya franki. Biroq, uning sözlariga köra, ötgan hafta parlamentdagi muhokamada bu fikr rad etilgan. Şu bilan birga, erkin demokratlardan taşqari Yevropa Ittifoqining boşqa mamlakatlariga qurol sotiş taklifini markazçi Yaşil liberallar partiyasi va markazçi öng markaz partiyasi qöllab-quvvatlamoqda hamda bu tanklarni bozor narxida sotiş maqsadga muvofiq deb hisoblaydi. Şu bilan birga, parlamentda vakili bölgan eng yirik konservativ Şveytsariya Xalq partiyasi qonun loyihasini qöllab-quvvatlaşni rejalaştirmayapti, dedi agentlikka uning deputati Tomas Eski.

Oxirgi ijtimoiy sörov natijalariga köra, mamlakat aholisining 55 foizi Şveytsariya boşqa davlatlarga Şveytsariyada işlab çiqarilgan qurol va öq-dorilarni Ukrainaga ötkazişga ruxsat berişini yoqlagan. Şveytsariyaliklarning 40 foizi bunga qarşi.