Aviahalokatlar orasida Yugoslaviyaning JAT (Jugoslovenski Aerotransport) aviakompaniyasiga tegişli bölgan McDonnell Douglas DC-9-32 samolyoti bilan sodir bölgan hodisa alohida ajralib turadi.

Bu samolyot Şvetsiya poytaxti Stokholm şahridan Yugoslaviya poytaxti Belgradga uçayotganda noma’lum şaxslar tomonidan portlatib yuboriladi.

Oqibatda samolyot osmonning özida ikkiga bölinib ketadi va 10 160 metrdan Çexoslovakiya hududiga qulab tuşadi. Qutqaruvçilar samolyot bortida bölgan yölovçilar va ekipaj a’zolarining jasadlarini yiğiştirib olayotganda 22 yoşli styuardessani tirik topib olişadi.

Styuardessa oğir tan jarohatlari olib, ikki oyoği, bir neçta qovurğasi singan bölsa-da, tirik qolgan edi. Şifokorlar qizning hayotini saqlab qolişadi.

Keyinçalik samolyotni portlatganlar Xorvatiyani ozod qiliş harakati a’zolari ekani ma’lum böladi.

Foto: viewfromthewing.com

Hodisadan oldingi vaziyat

Ikkinçi jahon uruşidan keyin Bolqon yarimorolida Yugoslaviya sotsialistik federativ respublikasi tuziladi. Bu davlat tarkibida oltita ittifoqdoş respublika – Serbiya, Xorvatiya, Çernogoriya, Sloveniya, Bosniya va Gersogovina hamda Makedoniya bor edi.

Ikkinçi jahon uruşigaça mustaqil bölgan Xorvatiya, qolaversa, boşqa ittifoqdoş respublikalar ham serblar qöl ostida yaşaşga rozi emasdi. Xuddi SSSRdagi kabi ular ittifoq tarkibida kuç bilan uşlab turilgan.

Sobiq Yugoslaviya xaritasi

Öşa paytlarda Xorvatiyani ozod qiliş taşkiloti a’zolari bölgan xorvatlar tez-tez qöporuvçilik harakatlari sodir etib turardi. Stokholmdan Belgradga uçayotgan samolyotni portlatib yuborgan kimsalar ham aynan xorvatlar bölişgan.

Halokat

1972 yil 26 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 13:30 da Yugoslaviyaning JAT (Jugoslovenski Aerotransport, xalqaro nomi — Yugoslav Airlines) aviakompaniyasiga tegişli bölgan McDonnell Douglas DC-9-32 samolyoti Stokholm-Kopengagen-Zagreb-Belgrad yönalişida parvoz qiladi.

Soat 14:30 da samolyot Kopengagenga qönadi va bort kuzatuvçilari guruhi almaşadi. Soat 15:15 da McDonnell Douglas Daniya poytaxtidan havoga kötariladi. Öşanda uning bortida 5 nafar ekipaj a’zosi va 23 nafar yölovçi bor edi.

Soat 17:00 da samolyot Xorvatiya poytaxti Zagrebga qönişi kerak edi. Biroq u manzilga yetib bormaydi.

Parvozdan 45 minut ötib samolyot 10 160 metr balandlikka kötarilgan paytda samolyot bortida qattiq portlaş ovozi eşitiladi. Uning uçuvçilar kabinasi joylaşgan tumşuq qismi asosiy korpus-fyuzelyajdan uzilib ketadi. Ikkiga bölingan samolyot qulay boşlaydi.

Qulayotgan samolyot bölaklari GDR hamda Çexoslovakiya (hozir bu ikki davlat yöq. GDR GFRga qöşilgan, Çexoslovakiya ikkiga ajralib ketgan) çegarasidagi qişloqqa tuşadi.

Samolyot qulab tuşgan joyga birinçi bölib qişloq odamlari keyin qutqaruvçilar keladi. Samolyotda bölganlarning jasadi har tomonga soçilib yotar, unda bölganlarning barçasi halok bölganiga heç kim şubha qilmasdi.

Qutqaruvçilar samolyot bölaklari orasidan odamlarning jasadlarini yiğiştira boşlaşadi. Şu paytda qutqaruvçilarga yordam berayotgan mahalliy aholi vakili Bruno Xonke samolyot bölaklari orasida tirik qolgan bir qizni körib qoladi. U 22 yoşli styuardessa Vesna Vuloviç edi.

Bruno qizni şifokorlarga topşirganida u komada edi. Styuardessaning ikkala oyoği, bir neçta qovurğalari singan, tanasining boşqa a’zolari ham turli darajada şikastlangan edi.

Foto: refresher.sk

Halokat sabablarini örganiş

Tez orada halokat sabablarini aniqlaş ustida işlar boşlab yuboriladi. Tirik qolgan qiz komada bölgani uçun hali undan ma’lumot olişning iloji yöq edi.

Eng avval uçuvçilarning qoni tekşirib köriladi va ularda mast qiluvçi içimliklar asorati topilmaydi. Şuningdek, uçuvçilar samolyot qulayotgan paytda öz örnida bölgani ma’lum böladi.

Tekşiruvlar davomida samolyotning texnik holati ham yaxşi bölgani aniqlanadi. Samolyot yangi bölib, halokatdan bir yil avval parvozlarni boşlagandi.

Samolyot bir maromda parvoz qilgani va portlaşgaça ğayritabiiy holat kuzatilmagani, uçuvçilar tomonidan dispetçerlarga favqulodda xabar jönatilmagani aniqlanadi.

Biroq samolyotning tumşuq va fyuzelyaj qismlari bitta joyda emas, bir-biridan qariyb bir kilometr uzoqlikka tuşgan edi. Mutaxassislar samolyot parvoz vaqtida portlatilgan degan xulosaga kelişadi.

Şundan söng öşa kuni parvoz qilgan yölovçilarning şaxsi tekşirib çiqiladi. Yölovçilar orasida xorvatlarning ultraöng millatçi «Ustaşi» taşkiloti a’zosi bölgan va portlaşni öşa amalga oşirgan degan xulosaga kelinadi. Biroq portlaşni aynan kim sodir etgani noaniqligiça qoladi.

Keyinçalik, oradan uç oy ötib, styuardessa öziga kelganidan söng samolyot bortida kuçli portlaş bölgani haqida aytadi. Şu tariqa samolyot parvoz vaqtida portlatilgan degan taxmin öz isbotini topadi.

Keyinçalik hodisa yuzasidan suriştiruv ötkazgan Çexoslovakiya davlat xavfsizlik xizmati xodimlari samolyot bölaklarini sinçiklab örganadi. Ularning xulosasiga köra, portlovçi moslama unça katta bölmagan. Terrorçi uni samolyotga sumkasiga solib olib çiqqan va salonning old qismidagi yukxonaga joylagan.

Styuardessaning keyingi taqdiri

Öşanda Vesna Vuloviç Stokholmdan Belgradga uçayotgan samolyot bortiga tasodifan kelib qolgan edi. U universitetda öqiş bilan birga styuardessalarni tayyorlovçi maxsus kursda öqirdi.

Qiz qişki ta’tilda ingliz tilini yaxşiroq özlaştiriş uçun Londonga jönaydi. Britaniya poytaxtida bir muddat yaşagan Vesna u yerda dugonalaridan birini uçratib qoladi. Dugonasi uni Stokholmga taklif etadi va u Stokholmga boradi.

Belgradga qaytiş vaqti bölganda styuardessa bölgan dugonasi Vesnaga Stokholm-Zagrab yönalişida özining örniga amaliyotçi sifatida uçişni taklif etadi. Qiz rozi böladi.

Şu tariqa taqdirning aççiq zarbasiga duç kelişini bilmagan qiz ortga qaytişda samolyotga yölovçi emas, amaliyotçi styuardessa sifatida çiqadi.

Halokatdan söng qiz ança payt komada yotadi. Şifokorlar uning tanasida öndan oşiq operatsiya ötkazişadi. Bir neça oydan söng u öziga keladi.

Samolyotda portlaş sodir bölganda qiz örindiqlardan birida bölgan. Biroq u öziga kelgaç portlaş paytida samolyotning qaysi qismida bölgani va nima bilan band ekanini eslay olmaydi.

Qiz salonda bölganini va yölovçilarga xizmat qilib turganida portlaş ovozini eşitganini va huşini yöqotganini aytadi.

Qiz tekşirib körilganda uning umurtqa poğonasiga va u yerdan ötgan nerv tomirlariga şikast yetgani ma’lum böladi. Şu sababli ança payt qiz tanasining beldan past qismi işlamaydi. Unda yana noyob operatsiyalar ötkaziladi.

Foto: Alamy stock

Qiz komadan çiqqanidan söng 10 oy davomida örnidan qözğala olmay yotadi. U halokatdan bir yarim yil ötib soğayadi va oyoqqa turib ketadi.

10 ming metrdan tuşib ketib tirik qolgan Vesna öşa paytda nafaqat Yugoslaviyada, balki jahonda maşhur böladi. U Yugoslaviyada milliy qahramon darajasiga çiqadi.

Qizdan köplab mahalliy va xorijiy gazetalar hamda telekanallar intervyu olişadi. Vesna haqida hujjatli film suratga olişadi, uni turli körsatuvlarga çaqirişadi.

Vesna soğayib ketgaç eski iş joyi JAT aviakompaniyasiga styuardessalikka qaytişni xohlaydi. Biroq aviakompaniya uni işga olişni rad etadi.

Biroz ötib jamoatçilik bosimi bilan qizni styuardessalikka emas, aviakompaniya idorasiga işga olişadi. U 1990 yilgaça aviakompaniya idorasida xizmat qiladi.

1990 yilda Vesna sotsialistik tuzumga qarşi namoyişlarda aktiv qatnaşadi. Şundan söng aviakompaniya uni işdan böşatadi.

1992 yil boşida ittifoqdoş respublikalar öz mustaqilligini e’lon qiladi va Yugoslaviya parçalanib ketadi. Belgrad qöl ostida faqat Çernogoriya qoladi.

Öşa paytlarda Yugoslaviyadan ajralib çiqqan mustaqil respublikalar va Serbiya örtasida qurolli mojarolar boşlanadi. Bu mojarolarda Yevropa Ittifoqi va NATO mustaqil respublikalarni qöllaydi. Oqibatda Serbiya va Yevropa Ittifoqi munosabatlari yomonlaşadi.

Ana şunday vaziyatda Vesna Serbiyaning Yevropa Ittifoqiga a’zo bölişi tarafdori bölgan Demokratik partiya safiga kiradi. U vafotigaça mazkur partiya a’zosi sifatida siyosiy tadbirlarda faol qatnaşadi.

Foto: www.ctv.by

2016 yilda 66 yoşli Vesna Vuloviç bir neça kun Belgraddagi uyidan çiqmaydi. Şunda uning dugonalari politsiyaga qönğiroq qilişadi. Politsiya eşikni buzib kirib, ayolni jonsiz holda topadi.

Vesna Vuloviç 1985 yilda eng baland joydan himoya vositalari bölmagan holda qulab tirik qolgan inson sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritiladi.

Ğayrat Yöldoş tayyorladi.