Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi Turkiyadagi o‘zbekistonliklarga murojaat qildi
Bosh konsulxona kuchli zilzila tufayli ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqirdi.
O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi Turkiyaning janubiy viloyatlarida bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarga murojaat qildi va ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqirdi.
«Kuchli zilzila qayta sodir bo‘layotgani sababli quyidagilarga qat’iy rioya qilishga chaqiramiz. Agar zilzila sodir bo‘layotgan viloyatlarda bino ichida bo‘lsangiz hujjatlar va zarur narsalarni olib, tezda binodan chiqing. Xonadan chiqayotganda liftdan emas, zinapoyalardan foydalaning. Ko‘chada qoling, lekin binolar yonida turmang, ochiq joyga o‘ting. Tinchlaning va boshqalarni tinchlantirishga harakat qiling», deyiladi xabarda.
O‘zbekiston fuqarolari zarur hollarda O‘zbekistonning Anqaradagi Elchixonasiga +905380358534 telefon raqami orqali, shuningdek, Istanbul shahridagi Bosh Konsulxonasiga +902123232037, +902123232039 telefon raqamlari orqali murojaat qilishi mumkin.
6 fevral kuni Turkiyaning janubi-sharqida va Suriya shimolida kuchli zilzila yuz berdi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 1200 dan ortiq odam halok bo‘lgan. Turkiyaning turli shaharlarida kamida 1700 dan ortiq bino vayron bo‘lgani yoki shikastlangani aytildi. Suriya hukumati kamida 320 kishi halok bo‘lganini va 600 dan ortiq odam jarohatlangani haqida xabar berdi.
Mavzuga oid
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
12:12 / 09.06.2026
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qisqardi
11:00 / 08.06.2026