Inson huquqlari sohasidagi milliy ta’lim dasturi tasdiqlandi
2023/2024 o‘quv yilidan boshlab professional va oliy ta’lim tizimida “Inson huquqlari”, “Ayollar huquqlari”, “Bola huquqlari” bo‘yicha o‘quv va maxsus kurslar joriy etiladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasida Inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturini tasdiqlash to‘g‘isida”gi qarorni imzoladi.
Dasturga ko‘ra, 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab professional va oliy ta’lim tizimida “Inson huquqlari”, “Ayollar huquqlari”, “Bola huquqlari” bo‘yicha tegishlicha o‘quv va maxsus kurslar joriy etiladi.
Axborot-tahliliy sharhlar va ularning tarjimalarini chop etish va e’lon qilish bilan bog‘liq xarajatlar Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markaziga (keyingi o‘rinlarda – Markaz) Davlat budjeti doirasida ajratiladigan mablag‘lar hisobidan qoplanadi.
2023 yil 1 iyundan boshlab Markaz tomonidan har yili:
- “Inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi ta’lim va innovatsiyalar” milliy tanlovi o‘tkazib boriladi;
- nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlari, ayollar huquqlari, bola huquqlari va migrantlar huquqlari yo‘nalishlarida faoliyati mazkur shaxslar bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan tashkilotlarda o‘quv kurslari va seminar-treninglar tashkillashtiriladi.
Markaz 2023 yil 1 aprelga qadar:
- “O‘zbekistonda inson huquqlari va erkinliklari”, “Inson huquqlari”, “Bola huquqlari”, “Ayollar huquqlari”, “Nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlari” turkum qo‘llanma va risolalarni tayyorlash va chop etish choralarini ko‘radi;
- Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda Inson huquqlari sohasida ta’lim olish bo‘yicha elektron platformani yaratib, ishga tushiradi.
Belgilansinki, mazkur bandda nazarda tutilgan topshiriqlarni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar Markazga Davlat budjeti doirasida ajratiladigan mablag‘lar hisobidan qoplanadi.
2023 yil 1 martdan boshlab tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organlar va jazoni ijro etish muassasalari xodimlari uchun qiynoqqa solishga qarshi kurashish bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslari doimiy ravishda tashkil etiladi.
2023 yil 1 maydan boshlab rahbar kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimida inson huquqlari va gender tenglik bo‘yicha o‘quv kurslari joriy qilinadi.
Markaz Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar axborot-kutubxona markazlarini xalqaro shartnomalarning davlat tilidagi to‘plamlari, inson huquqlari bo‘yicha o‘quv, ilmiy-uslubiy va xalqaro nashrlar, inson huquqlari sohasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar bo‘yicha yuritilayotgan xronologiya materiallari bilan tizimli ravishda ta’minlab boradi.
2023 yil fevral oyida O‘zbekistonda “Inson huquqlari” haftaligi o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
19:32 / 07.11.2024
Tramp O‘zbekiston bilan munosabatlarni qanday olib boradi?
17:39 / 07.11.2024
BMT Markaziy Osiyoda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar soni kamayganini qayd etdi
17:48 / 06.11.2024
«O‘zbekiston qit’alarimiz chorrahasida joylashgan va global aloqalarimiz markazida bo‘lishi lozim» - Ursula fon der Lyayyen
21:49 / 04.11.2024