Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston hukumati afg‘on tadbirkorlarini qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqda
Afg‘oniston tomoni temiryo‘lni to‘sib qo‘yib, vagonlarni o‘tkazmayotgan bo‘lsa-da, O‘zbekiston hukumati yuklarni avtomobillar orqali belgilangan manzilga yetkazishda afg‘on tadbirkorlariga amaliy yordam ko‘rsatmoqda.
Joriy yilning 1 fevralidan O‘zbekistondan Afg‘onistonga temiryo‘l qatnovi vaqtincha to‘xtatilgani xabar qilingandi. «O‘zbekiston temiryo‘llari» bunga ikki davlat o‘rtasida tuzilgan shartnoma o‘z vaqtida bajarilmaganini asosiy sabab sifatida keltirib o‘tdi. Xususan, Afg‘oniston hududidagi texnik ishlar bosqichma-bosqich afg‘on temiryo‘llari ishchilari tomonidan amalga oshirilishi bo‘yicha «Harakatlar rejasi» kelishilgan bo‘lsa-da, zarur chora-tadbirlar o‘z vaqtida bajarilmagan.
Bu esa o‘z navbatida Afg‘onda iqtisodiy va ijtimoiy sohalarga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bozorlarda birlamchi iste’mol mahsulotlari narxi keskin oshib borayotgani aholi orasida noroziliklarga sabab bo‘lmoqda. Bundan tashqari, mahalliy tadbirkorlar eksport yuklarining sifati buzilganidan katta zarar ko‘rganlarini ta’kidlashmoqda.
Yuqoridagilarni inobatga olib, ikki davlat o‘rtasidagi temiryo‘l orqali tashiladigan yuklar oqimi to‘xtab qolishining oldini olish va afg‘on tadbirkorlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida «O‘zbekiston temiryo‘llari» yuklarni avtomobillar orqali belgilangan manzilga yetkazishni tashkillashtirgan.

Afg‘on tadbirkorlari ko‘rilgan ushbu chora-tadbirlardan mamnunligini, yuklari o‘z vaqtida yetib kelayotgani va borayotganini ta’kidlashmoqda.
Hozirda afg‘on tijoratchilari o‘z yuklarini avtomobillar orqali olib ketishlari davom etmoqda.
Ma’lumot uchun, Afg‘oniston import va eksportining asosiy qismi, shuningdek, gumanitar yuklarning salmoqli qismi aynan Amudaryo ustidagi Hayraton ko‘prigi orqali o‘tadi. O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida temiryo‘l orqali tashuvlar to‘xtab qolishi esa afg‘on xalqi uchun zarur xalq iste’mol mollari yuklangan vagonlar chegarada to‘xtab qolishiga sabab bo‘lmoqda.
Mavzuga oid
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
10:50 / 12.06.2026