Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida imtiyozli savdo to‘g‘risida bitim tasdiqlandi
Pokiston Islom Respublikasi bilan imtiyozli savdo sohasida hamkorlik qilinadi.
“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, O‘zbekiston bilan Pokiston Islom Respublikasi hukumati o‘rtasida imtiyozli savdo to‘g‘risida bitim tasdiqlandi.
Mazkur bitim 2022 yil 3 martda Islomobod shahrida imzolangan.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Bojxona qo‘mitasi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organlar etib belgilandi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin O‘zbekistonning majburiyatlari bajarilishini ta’minlaydi.
Mavzuga oid
08:49 / 18.06.2026
Pokiston: Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini zudlik bilan ochadi
09:05 / 13.06.2026
Pokiston: AQSh va Eron kelishuv matni bo‘yicha kelishib oldi
17:54 / 10.06.2026
Pokiston Afg‘oniston bo‘ylab havo zarbalari berdi: 26 kishi halok bo‘lgan
10:25 / 09.06.2026